Kontent qismiga oʻtish

Heinrich Khunrath

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Heinrich Khunrath
Tavalludi 1560-yil
Vafoti 9-sentabr 1605-yil
Drezden, Muqaddas Rim imperiyasi.
Fuqaroligi Germaniya
Taʼlimi Bazel universiteti
Kasbi Shifokor, munajjim, yozuvchi, faylasuf.

Heinrich Khunrath (nemischada: Heinrich Khunrath, Kuhnrath, taxminan 1560–1605-yillarda tugʻilgan.) – nemis shifokori, faylasuf-mistik, alkimyogar va kabbalist. „Abadiy donolik amfiteatri“ (lotinchada: Amphitheatrum sapientiae aeternae) nomli mashhur asar muallifi.

Heinrich Khunrath 1560-yilda Muqaddas Rim imperiyasining Leipzig shahrida tugʻilgan. 1588-yilda u Bazel universitetini tibbiyot doktori diplomi bilan tugatgan. 23 yoshida kabbala, sehrgarlik va teosofiyaga qiziqib qolgan[1]. Oʻz mutaxassisligi boʻyicha Uilyam fon Rozenberg huzurida hamda markaziy va shimoliy Germaniyaning Berlin, Magdeburg, Gera kabi turli shaharlarida ishlagan. Safar davomida u britaniyalik matematik John Di va alkimyogar Iogann Grassxoff bilan tanishgan. Iogann Arndt bilan yozishmalar olib borgan. Universitetni tamomlaganidan soʻng, Heinrich Khunrath Gamburgga koʻchib oʻtib, oʻzining shaxsiy laboratoriyasida alkimyoviy tajribalar oʻtkazgan. 1605-yilda, Leipzig yoki Drezdenda vafot etgan[2].

Heinrich Khunrath Paratsels tarafdori boʻlgan va toshlar va metallarning transmutatsiya jarayoni mumkinligi haqidagi nazariyani qoʻllab-quvvatlagan. Shuningdek, u maxsus eliksir yordamida inson umrini uzaytirish mumkinligiga ishongan. 1595-yilda Heinrich Khunrath „Abadiy donolik amfiteatri“ni nashr qilgan – bu uning eng mashhur asari. Birinchi nashrning faqat toʻrtta nusxasi bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Ikkinchi, qayta koʻrib chiqilgan nashri esa vafotidan keyin, 1609-yilda chiqarilgan[3].

Hayoti davomida u oʻz davrning koʻplab alkimyogarlari bilan tanish boʻlgan. Heinrich Khunrathning zamondoshlari uning shaxsiga nisbatan fikr bildirmaganlar: ayrimlar uning obroʻsini tan olgan, boshqalar esa alkimyogarni „firibgar“ deb atagan[4]. Heinrich Khunrathning faoliyatini nemis mistik va shoiri Kvirin Kulman katta hurmat bilan baholagan. U Kunratni „ilohiy olov va eng chuqur moddalarni oʻrganishga ishtiyoq bilan yongan inson“ deb taʼriflagan.

  1. Albert Ladenburg. Allgemeine Deutsche Biographie. — 1882. — Т. 15. — С. 709.
  2. Wouter Hanegraaff. Dictionary of Gnosis & Western Esotericism. Brill, 2006. ISBN ISBN 9789004152311.. 
  3. Willem de Bruijn. From Text to Theatre: An Architectural Reading of Heinrich Khunrath's Amphitheatrum Sapientiae Aeternae. Library Trends, 2012. DOI:10.1353/lib.2012.0035. 
  4. Deischer, Claude,Rabinowitz.. The Owl of Heinrich Khunrath: Its Origin and Significance. Chymia, 1950 — 250-bet. DOI:10.2307/27757142. 
  • Dictionary of Gnosis & Western Esotericism / Wouter Hanegraaff. – Brill, 2006. – S. 662—663. – 1228 s. – ISBN 9789004152311.
  • Peter Forshaw. Curiosity and Wonder from the Renaissance to the Enlightenment / Evans, Marr. – Routledge, 2016. – S. 107—131. – 265 s. – ISBN 9780754641025.
  • Deischer, Claude,Rabinowitz. The Owl of Heinrich Khunrath: Its Origin and Significance (angl.) // Chymia. – 1950. – Vol. 3. – P. 243—250. – doi:10.2307/27757142.
  • Willem de Bruijn. From Text to Theatre: An Architectural Reading of Heinrich Khunrath’s Amphitheatrum Sapientiae Aeternae (angl.) // Library Trends. – 2012. – Vol. 61, no. 2. – P. 347—370. – doi:10.1353/lib.2012.0035.