Hazrati sulton choʻqqisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hazrati sulton choʻqqisi - qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi choʻqqi, balandligi 4688 m. Hisor tizmasi suvayirgʻich qismining janubrogʻida. Kishtut daryosining boshlanish qismida joylashgan. Oʻzbekistonning eng baland nuqtasi. Atrofidagi hududlardan tik qurumli qoyalar hosil qilib koʻtarilgan. Yonidan oqib oʻtuvchi va shu hududdan boshlanuvchi daryolar havzasida abadiy qor va muzliklar mavjud.