Hayme xotun
| Hayme xotun | |
|---|---|
| Vafoti |
1267 Çarşamba, Domaniç |
| Turmush oʻrtogʻi | Sulaymon Shoh[1] or Gündüz Alp |
| Farzandlari |
Sungurtekin Gündoğdu Ertoʻgʻrul Dündar |
Hayme xotun, shuningdek, Hayma Ona[2] (Ona Hayma) Usmoniylar imperiyasi asoschisi Usmon I ning buvisi boʻlgan. Ertugʻrul Gʻozi va Gundogʻdu Beyning onasi, ular O‘g‘uz turklarining Kayi urugʻining boshliqlari edi. Hayme xotun Usmoniylar imperiyasining Devlet Ana (Davlat Onasi) unvoni bilan sharaflangan va shu nom bilan tanilgan[3][4].
Ismi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning ismi manbalarda Haymana, Hayme Hatun, Hayme Sulton, Ayva Ona va Ayvana shakllarida uchraydi. Hayma Ona nomi, ehtimol, „dasht“ maʼnosini anglatuvchi topografik atama haymana soʻzidan shaxsiy ismga aylangan.
Dafn qilingan joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayma onaning qabri Domaniç yaqinidagi Çarşamba qishlogʻida, yaylov hududida boʻlib, u Bursaning sharqidagi pasttekisliklarni Tavşanlı bilan bogʻlovchi yoʻl yaqinida joylashgan. 1892-yilda sulton Abdulhamid II Hayma Onaning maqbarasini tiklashni buyurgan[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshimcha adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ismoil Haqqiy Uzuncharshili, *Osmanli Tarixi*, I jild
- Selim Yildiz, „Hayme Ona“, *Viloyatlarning sultonligidan fazilatlarning sultonligiga – Usmoniylar davlati*, Kutahya, 1999, 40-bet
- Mehmed Maqsudogʻlu, *Osmanli Tarixi*, Istanbul, 2001, 21-bet
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ İnalcık, Halil (2007). "Osmanlı Beyliği'nin Kurucusu Osman Beg" (tr). Belleten (Ankara) (261): 487–490. https://docs.google.com/file/d/0B5ATth-TXLHhXzZZTTE2bUphMTQ/preview.
- ↑ Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler (tr). Oğlak) Yayıncılık, 2008 — 25–27-bet. ISBN 978-9-753-29623-6. .
- ↑ Akgunduz, Ahmed; Ozturk, Said. Ottoman History - Misperceptions and Truths (en). IUR Press, 2011 — 35-bet. ISBN 978-90-90-26108-9. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
- ↑ „HAYME HATUN DEVLET ANA“. Devlet-i) Aliyye-i.
- ↑ Sakaoğlu, Necdet. [Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler (tr). Oğlak) Yayıncılık, 2008 — 26-bet. ISBN 978-9-753-29623-6.