Hayi as-Siforat Katta masjidi
Masjid | |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Shahar | ar-Riyod |
Masjid turi | jomeʼ masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Meʼmor | Beeah Group |
Binokorlik | 1983—1986 |
Oʻlchami | 5,000 nafar namozxon |
Bino maydoni | 5,830 m2 (62,800 kv ft) (ichki maydoni) |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Qurilish materiallari | temirbeton, marmar, suvoq |
Hayi as-Siforat Katta masjidi (arabcha: جامع حي السفارات) – Saudiya Arabistoni poytaxti ar-Riyod shahrining Diplomatik kvartal tumanida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjidi[1][2][3].
Namoz zali bilan birga deyarli 5,830 m2 (62,800 kv ft) maydonga ega[4] masjid deyarli 5000 namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Bino 1983 va 1986-yillar oraligʻida al-Kindiy plaza hududini rivojlantirish vaqtida qurilgan[5].
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid qurilishi shaharning Diplomatik kvartal tumanini rivojlantirish loyihasi doirasida rejalashtirilgan edi. 1981-yilda al-Kindiy plazaning 2.6-gektar (6.4-akr) maydonida qurilish ishlari boshlangan va chet el elchixonasi xodimlari hamda ularning oila aʼzolarining dam olish ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan[6]. Beeah Group kompaniyasiga musulmon davlatlari diplomatlarining diniy talablarini qondirish maqsadida maydonni loyihalash boʻyicha shartnoma taqdim etilgan, markaziy masjid qurilishi 1983-yilda boshlanib, 1986-yilda nihoyasiga yetkazilgan[7].
Masjid 1990-yilda arxitektura yoʻnalishi boʻyicha beriladigan Ogʻa Xon mukofoti[8], 1996-yilda Qirol Saud universiteti tomonidan masjid meʼmorchiligi boʻyicha Simpozium mukofoti hamda 2014-yilda Abdulatif al-Fozan mukofoti bilan taqdirlangan[9][10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ al-Shāhid (ar). Sharikat al-Shāhid, 1990.
- ↑ Mansour, Yasser. PROCEEDINGS OF THE ICSDI 2024 VOLUME 2: Proceedings of the 2nd International (en). Springer Nature, 2024. ISBN 978-981-97-8348-9.
- ↑ Salama, Ashraf M.. Architectural Excellence in Islamic Societies: Distinction through the Aga Khan Award for Architecture (en). Routledge, 2020-07-15. ISBN 978-1-351-05747-9.
- ↑ „مزج بين الوظائف الدينية والدنيوية في مساجد الرياض“ (ar). الاقتصادية (2009-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
- ↑ الدمام. „الأمير سلطان بن سلمان والأمير سعود بن نايف والشيخ عبداللطيف الفوزان في لقطة تذكارية مع المكرمين“ (ar). alyaum (2014-yil 6-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
- ↑ Elsheshtawy, Yasser. The Evolving Arab City: Tradition, Modernity and Urban Development (en). Routledge, 2008-05-27. ISBN 978-1-134-12820-4.
- ↑ Holod, Renata. The Contemporary Mosque: Architects, Clients, and Designs Since the 1950s (en). Thames and Hudson, 1997. ISBN 978-0-8478-2043-6.
- ↑ „Al-Kindi Plaza“ (en). Aga Khan Development Network. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
- ↑ „Al Kindy Square Mosque – Al Fozan awards“ (en-US). Abdullatif Al Fozan Award for Mosque Architecure (sic) (2025-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
- ↑ „Al-Kindi Square Mosque (Hayy Assafarat Grand Mosque“. Abdullatif Al Fozan Award for Mosque Architecure (sic) (2025-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-dekabr.