Xoliqul Haydarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Haydarov Xoliqul Haydarovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoliqul Haydarovich Haydarov (1933.16.3, Sariogʻoch, Chimkent viloyati) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1977). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1954). Toshkent viloyati Kalinin (hozirgi Zangiota) tumanidagi 15-oʻrta maktabda rasm oʻqituvchisi (1954—60), Oʻzbekiston KP MK Birlashgan nashriyo-tining bosmaxonasida rassom (1960— 67), Toshkent chinni zavodining badiiy lab.da yetakchi rassom (1967—93). H.gaz. va jur.larda asarlari bilan qatnashgan. H. Toshkent chinni zavodida samarali ijod qildi: "Oʻzbekiston", "Oq olma", "Namanganning olmasi" kabi chinnilar toʻplamlarini yaratgan; birinchilardan boʻlib chinni buyumlar (asosan koʻza, lagan va boshqalar)ga tasvir (por-tret)lar ishlashni boshlab bergan. beruniy, Ulugʻbek, Navoiy kabi mutafak-kirlar, turli ilm-fan, davlat arboblari vakillarining siymolarini chin-niga ishlagan. Haykaltaroshlik asarlari ham yaratdi (jumladan, "Toʻlebiy", mis, 2002, Sariogʻoch shahrida). "Haydarov hayoti va ijodi" nomli hujjatli film ishlangan (1991). H. ishlaridan namunalar respublika va chet el koʻrgazmalarida namoyish etiladi, muzey va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.