Haydar (amir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1428 — 1468 Abdulxayr
1501 — 1510 Muhammad Shayboniy
1510 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1539 Ubaydulla I
1539 — 1540 Abdulla I
1540 — 1552 Abdullatif
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1556 — 1583 Pirmuhammad
1583 — 1598 Abdulla II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy Otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1861 Nasrulla
1861 — 1885 Muzaffaruddin
1885 — 1911 Said Abdulahad
1911 — 1919 Said Olim

Haydar, Amir Haydar, Amiri Sayyid (1778— Buxoro — 1826.6.10) - Buxoro amiri (1800— 26), mangʻitlarlan, Amir Shohmurodning oʻgʻli, Doniyolbiy otaliqning ne-varasi. Uning onasi ashtarxoniylardan Abulfayzxonsh qizi Bonu Shams boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 yil tahsil olib, Qurʼoni karim sharhi va hadis ilmlarini puxta egallagan. Amir Shohmurod H.ni Qarshi viloyatiga hokim qilib tayinlagan. Shohmurod vafot etgach, Buxoro amirligi taxtiga oʻtirgan va "amir al-moʻminin" unvonini olgan (1800.2.12). Buxoro amirligida vujudga kelgan keskin siyosiy vaziyatni yumshatishga hara-kat qilgan. H. ayirmachilik kayfiyatlarni namoyon qilayotgan Shahrisabz, Kitob, Urgut bekliklari, Miyonqol va Samarqand hokimlariga qarshi janglar olib borishga majbur boʻlgan.

H. Xurosonga ham harbiy yurishlar qilib, Balx (1817), Badaxshon, Qunduz va Maymanani Buxoro amirligiga qaytargan.

Marv hokimi Din Nosirbek (H.ning ukasi) Xiva xoni Eltuzarxon qutqusiga uchib, akasiga qarshi bosh koʻtaradi (1804) va magʻlubiyatga uchraydi. Shu asnoda Xiva xoni Eltu-zarxon bir necha marta Buxoroga harbiy bosqinlar uyushtirgan. Ana shunday yurishlarning birida Niyozbek parvonachi boshchiligida 20 ming kishilik Buxoro qoʻshini xorazmliklar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan. Eltuzarxon Amudaryodan qochib oʻtayotganda daryoda gʻarq boʻlib oʻlgan. Eltuzarxonning 3 birodari va qoʻplab xivaliklar asir tushishgan. Amir H. Eltuzarxonning kichik birodari Qutlugʻmurodxonni 400 asir bilan ozod qilib, Urganchga joʻnatgan.

1821—25 yillarda amir H.ning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar koʻtargan Miyonqol qoʻzgʻoloni ham katta qiyinchilik bilan bostirilgan.

Ahmad Donishnnng yozishicha, H. hukmronlik qilgan davrda Buxoroda ilm-fan, xususan, tarix va islom ilmlari rivojlangan. H. madrasalarda tahsil olib borish uchun Istan-bul, Kobul va boshqa shaharlardan koʻplab qoʻlyozma kitoblarni oldirgan. Uning oʻzi muntazam ravishda saboq bergan, madrasalarda dars oʻtgan. H. "al-Fa-void al-alfiya" nomli fiqhning xanafiya mazhabiga oid asar ham yozgan.

U hukmronligi davrida Buxoroda Chor minor va Xalifa Niyozqul madrasasi (1807), masjidlar, xonaqohlar, hammomlar qurilgan, Xalfa xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan. Buxoroda H. onasiga atab maxsus madrasa, Qarshida Ali mad-rasasi va Mir Muhammad madrasasini ham qurdirgan. H. Buxorodagi Joʻybor mavzeidagi Eshoni Imlo qabristonida otasi Shohmurod yonida dafn etilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000.
  • Qahramon Rajabov. OʻzME. 2006-2007.