Hayda Gvay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hayda Gvay (haydacha: X̱aayda gwaay), (avvalgi nomi Qirolicha sharlotta orollari, inglizcha: Queen Charlotte Islands) — Tinch okeandagi arxipelag, Shimoliy Amerika (Kanada, Britaniya Kolumbiyas) qirgʻoqlari yaqinida. Maydoni 10,3 ming km2. Yirik orollari: Greyam va Morsbi. Gʻarbiy qirgʻoqlari togʻli, ford koʻp, eng baland joyi 1250 m. Shim.-sharqi keng pasttekislik. Iqlimi moʻʼtadil, sernam. Igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Toshkoʻmir konlari bor. Yogʻoch tayyorlanadi, baliq ovlanadi. Orollarga ilk bor 1774-yilda X.Peres boshchiligidagi ispan ekspeditsiyasi borgan va xaritaga tushirgan, J.Vankuver tomonidan ingliz qirolichasi nomi bilan atalgan.