Havo-reaktiv dvigatel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Havo-reaktiv dvigatel - yonilgʻini oʻt oldirish uchun atmosfera havosi kislorodidan foydalaniladigan reaktiv dvigatel. Tortish kuchi yonish gazlarining reaktiv soplodan otilib chiqishi natijasida hosil boʻladi. Gazlarning soplodan katta tezlikda otilib chiqishi uchun H.-r.d.ning yonish kamerasiga keluvchi havo siqiladi. Havoni siqish usuliga qarab, Havo-reaktiv dvigateld. turbokompressorli (TRD), pulsatsiyalanuvchi (Pu VRD) va toʻgʻri oqimli (PVRD) xillarga boʻlinadi. H.-r.d.dan uchish apparatlari (samolyot, vertolyot, samolyot-sna-ryad)ni harakatlantirish uchun foydalaniladi.