Hasharotxoʻr oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hasharotxoʻr oʻsimliklar -odatdagi oziqlanishdan tashqari yana ayrim hasharotlar (baʼzan mayda jonivorlar)ni tutib yeb qoʻshimcha oziq manbai sifatida foydalanadigan koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar guruhi. Yer sharining barcha qismida uchraydi. 500 ga yaqin turi (7 oilasi) maʼlum. Chuchuk suv havzalarida, botqoq oʻtloqlarda, botqoqliklarda, asosan, azotli birikmalar, kaliy, fosfor kam-chil tuproqlarda oʻsadi. Shu sababli hasharotlar bilan oziqlanadi. H.oʻ.da hasharotlarni tutish uchun maxsus moslamalar bor.

Baʼzi bir H.oʻ.ning barglari yopishqoq suyuqlik ajratuvchi koʻp sonli bezchalar bilan qoplangan. Boshqalariniki hasharotlarni tutuvchi quticha (nepen-tes, darlingtoniya) yoki tez harakatlanuvchi (tutuvchi) qopqonlardan (di-oneya, aldrovandan) iborat. Ushlangan hasharotlar barg bezchalari ajratgan maxsus suyuqlikda erib, hazm boʻladi.H.oʻ.ning oziqlanishi geterotop uslubga mansub boʻlib, hatto Atf (adenozin tirifasfat kislota) sintezi ham plastidalrda emas balki mitohondiryada amalga oshadi.agar ular geteratirof boʻlsa demak konsument hamdir. Hasharotxo'r o'simliklarga suv qaroqchisi, nependes, drosera va boshqa o'simliklar kiradi