Hasharotlar introduksiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hasharotlar introduksiyasi — hasharotlarni oʻzi yashab turgan joydan boshqa, yangi hududlarga kelti-rib agrobiotsenoz entomofaunasini sunʼiy boyitish. Muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Oʻsimliklarni biologik himoya usulida Hasharotlar introduksiyasidan keng foydalaniladi. Odatda, bir tur zararku-nanda hisobiga yashashga ixtisoslashgan entomofag va akarifaglar intro-duksiyasi yaxshi samara beradi. Oʻzbekistonda 24 tur entomofag va aka-rifag introduksiya qilingan boʻlib, shundan 11 turi yaxshi iqlimlashgan; ular zararkunanda hasharotlar miq-dorini xoʻjalik uchun sezilmaydigan darajada saqlab turadi. Jumladan, qonli bit paraziti afelinus (1931), komstok qurti paraziti psevdafikus (1945) yaxshi iqlimlashdi. Iqlimlashmagan turlardan esa mavsumiy dalaga qoʻyish usulida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 1967 yildan iqlimlashtirilgan trixogramma gʻoʻza hamda sabzavot ekinlari zararkunandalaridan — tunlamlarga qarshi muvaffaqiyatli qoʻllanmoq-da. Issiqxonalardagi oʻrgimchakkanalarga qarshi yirtqich kana — fito-seyulyusni (Oʻzbekistonga 1969 yilda olib kelingan) qoʻllash yaxshi samara bermoqda.