Hasan ibn Hasan
Al-Hasan ibn al-Hasan | |
|---|---|
الْحَسَنِ بْنِ الْحَسَنِ | |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
Hasan al-Muthanna tax. 661 |
| Vafoti | tax. 715 |
| Baqiʼ qabristoni, Madina | |
| Dini | Islom |
| Millati | Roshidun xalifaligi |
| Turmush oʻrtoq(lar)i |
|
| Farzandlari |
|
| Ota-onasi |
|
| Qarindoshlar |
Zayd ibn Hasan ibn Ali (akasi) Hasan ibn Zayd ibn Hasan (jiyani) Qosim ibn Hasan (ukasi) Abdulloh ibn Hasanibn Ali (ukasi) Bishr ibn Hasan (ukasi) Abu Bakr ibn Hasan ibn Ali (ukasi) Talha ibn Hasan (brother) Fotima binti Hasan (singlisi) Husayn ibn Ali (amakisi) Muhammad ibn al-Hanafiyya (oʻgay amakisi) |
}} Abu Muhammad al-Hasan ibn al-Hasan ibn Ali al-Hoshimiy (arabcha: أَبُو مُحَمَّد الْحَسَنِ بْنِ الْحَسَنِ بْنِ عَلِي ٱلْهَاشِمِي, taxallusi Hasan al-Muthanna; tax. 661—715) islom ulamosi va ilohiyotshunos. Hasan ibn Ali va Xavla bintu Manzurning farzandi. Toʻrtinchi xalifa Alining (h. 656–661) nabirasi va islom paygʻambari Muhammadning evarasi boʻlgan.
Al-Hasan ibn al-Hasan Umaviy xalifa al-Volid I bilan zamondosh boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hasan tax. 661-yil Madinada tugʻilgan. Otasi Hasan ibn Ali islom paygʻambari Muhammadning nabirasi boʻlib, 661-yilda qisqa muddat xalifalik qilgan[1][2]. Hasanning onasi Xavla bintu Manzur Banu Fazora yetakchisi Manzur ibn Zabanning qizi boʻlgan[3][4].
Hasan ibn Musanno Karbalo jangida ishtirok etgan. Ahmad ibn Ibrohim Hasaniy haqida Abu Mihnafdan kelgan rivoyatga koʻra, oʻsha paytda Hasanning yoshi oʻn toʻqqiz yoki yigirmada boʻlgan[5].
Al-Hasan Ashuro kunida[6][7] Imom Husayn yonida jang qilib, yaralangan va asir olingan. Hasanni togʻasi Asmo ibn Xorija Fazoriy qutqarib qolgan. Kufada davolanib, tuzalgach, Madinaga qaytgan[8].
Rivoyatlarga koʻra, Hasan ibn Hasanning amakisi Husayn ibn Ali unga oʻzining ikki qizidan birini, Sukayna yoki Fotimani, xotinlikka tanlash imkoniyatini bergan ekan. Hasan juda uyalib, buvisi Fotimai Zahroga oʻxshagani uchun Fotimani tanlashga qaror qilgan[9].
Xalifa al-Volid maktublar orqali al-Hasan ibn Hasan bilan yozishmalar olib borgan[10].
Bolalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyid ibn Tovus Hasan ibn Hasan va Imom Hasanning ayrim farzandlari fazilati va oliyjanobligi haqida shunday yozadi: „Bu shunday zotlarki, ularning yuksak maqomi va fazilatlarini barcha musulmonlar eʼtirof etganlar“.
Imom Rizodan rivoyat qilingan Imom Hasan va Imom Husayn avlodlarining davom etishi haqidagi rivoyatning bir qismiga koʻra, Hasan al-Musanno koʻp farzand koʻrgan va Imom Hasanning avlodlari Hasan va Zayd ismli yana bir ukasi orqali davom etgan deb taxmin qilinadi. Zaydning Hasan ismli oʻgʻli bor edi. Bundan tashqari, Hasan al-Musannoning Fotima bintu Husayndan Abdulloh al-Mahd, Ibrohim al-Gʻamr va Hasan al-Musallas ismli oʻgʻillari, Ummu al-Valaddan Jaʼfar va Dovud, Ramla bintu Said ibn Zayddan Muhammad tugʻilgan. Ular Imom Hasanning uchinchi avlodini davom ettirganlar[11].
Nasab jihatidan ustun boʻlishsa-da, Hasanning avlodlari (zaydiylar va Yaman imomlari mustasno) imomlik uchun jiddiy daʼvo qila olishmadi. Qolaversa, keyinchalik koʻpchilik sunniylikka oʻtdi. Banu Qatoda va Hoshimiylar sulolasi oʻzlarini Hasandan kelib chiqqan deb hisoblaydilar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hasan Muthana (Wayback Machine saytida 2022-01-11 sanasida arxivlangan) ghadeer.org Retrieved 11 Oct 2018
- ↑ The daughter of Imam Hussain (Wayback Machine saytida 2025-06-02 sanasida arxivlangan) islamicblessings.com Retrieved 11 Oct 2018
- ↑ Madelung 1997, s. 380–384.
- ↑ The marriage of Hasan al-Muthanna mehrnews.com Retrieved 11 Oct 2018
- ↑ Ṭabarī, Tārīkh al-umam, vol. 5, p. 469.
- ↑ Hasan Muthana (Wayback Machine saytida 2022-01-11 sanasida arxivlangan) ghadeer.org
- ↑ The daughter of Imam Hussain (Wayback Machine saytida 2025-06-02 sanasida arxivlangan) islamicblessings.com
- ↑ Ḥasanī, al-Maṣābih, p. 379; Mufīd, al-Irshād, vol. 2, p. 25.
- ↑ The issue of Hasan al-Muthannaʼs marriage to Imam Hussainʼs daughter mehrnews.com Retrieved 11 Oct 2018
- ↑ Marsham 2022, s. 38.
- ↑ Encyclopaedia of Islam (Second nashri). doi:10.1163/1573-3912_islam_com_0318.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Marsham, Andrew „Kinship, Dynasty, and the Umayyads“, . The Historian of Islam at Work: Essays in Honor of Hugh N. Kennedy. Leiden: Brill, 2022 — 12–45-bet. ISBN 978-90-04-52523-8.
- Madelung, Wilferd. The Succession to Muhammad: A Study of the Early Caliphate. Cambridge University Press, 1997. ISBN 978-0-52-164696-3.