Kontent qismiga oʻtish

Hasan al-Askariy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hasan al-Askariy
ٱلْحَسَن ٱلْعَسْكَرِيّ

Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi hijriy 232-yil Rabiussoni oyining 8-kuni
(taxminan milodiy 844-yil)
Vafoti hijriy 260-yil Rabiulavval oyining 8-kuni
(taxminan 1-yanvar 874-yil(874-01-01)
(27 yoshda))
Samarra, Abbosiylar xalifaligi
Oʻlim sababi zaharlangan (Oʻn ikki imom manbalariga koʻra Abbosiylar amaldori tomonidan)
Al-Askariy ziyoratgohi
Samarra, Iroq
34°11′54.5″N 43°52′25″E / 34.198472°N 43.87361°E / 34.198472; 43.87361
Dini Islom
Turmush oʻrtoq(lar)i Narjis (bahsli)
Farzandlari
Ota-onasi
Qarindoshlar Jaʼfar (akasi)
Muhammad (akasi)

Hasan al-Askariy (arabcha: الحَسَن بْن عَلِيّ ٱلْعَسْكَرِيّ‎; tax. 844–874) – islom paygʻambari Muhammadning avlodi. Oʻn ikki imomning oʻn birinchi imomi sifatida eʼtirof etiladi, otasi Ali al-Hodiydan keyin imomlik maqomiga ega boʻlgan. 844-yilda Madinada tugʻilgan va 848-yilda otasi bilan birga Samarraga olib ketilgan va Abbosiy xalifalari tomonidan qatʼiy nazorat ostida saqlangan. Garchi Hasan va uning otasi siyosiy jihatdan faol boʻlmagan boʻlsalar-da, ular vafotlariga qadar doimiy kuzatuv ostida boʻlgan. 868-yilda Ali al-Hodiyning vafotidan soʻng, uning izdoshlarining aksariyati Hasan al-Askariyni navbatdagi imom sifatida tan olgan. Ammo xalifalar tomonidan al-Askariyning shialar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatishi cheklangan, shuning uchun Hasan izdoshlariga maxsus vakillar tarmogʻi orqali murojaat qilgan. Hasan al-Askariy 873–874-yillarda taxminan 28 yoshida Samarrada vafot etgan va otasining qabri yoniga dafn etilgan. Keyinchalik bu joy shialarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri al-Askariy maqbarasiga aylangan. Shialik manbalarida al-Askariyning (shuningdek, otasining) oʻlimida Abbosiylar aybdor qilingan. Hasan al-Askariyga Qur’oni karimning ilk shia tafsirlaridan biri ham nisbat beriladi.

Hasan ibn Ali as-Somit, al-Hodiy va az-Zakiy nomlari bilan tanilgan, biroq asosan, al-Askariy nomi bilan mashhur boʻlgan. Bu laqab unga deyarli butun hayoti davomida Abbosiylar xalifaligi poytaxti Bagʻdod yaqinidagi Samarra shahrida qamoqda saqlangani sababli berilgan[1]. Oʻn ikki imomdan sakkizinchisi boʻlgan Ali ar-Rizoning nabirasi sifatida Hasan oʻz zamondoshlari orasida Ibn ar-Rizo (Rizoning oʻgʻli) nomi bilan ham tanilgan[2].

  1. Momen 1985.
  2. Eliash 2022.
Shialik unvonlari
Oldingisi Oʻn ikki imomning oʻn birinchi imomi
868–874
Keyingisi