Hasan Hüseyin Korkmazgil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hasan Husayn Qo'rqmazgildan yoʻnaltirildi)
Tavalludi 1927
Vafoti 1989
Ijod qilgan tillari Turk tili
Fuqaroligi Turkiya

Hasan Hüseyin Korkmazgil (1927—1984-yil 26-fevral) — turk shoiri, sotsialistik-realistik sheʼriyatning yetakchi namoyandalaridan biri sifatida sermahsul ijod qilib kelgan adib.

Hasan Huseyin Qoʻrqmazgil qabri, Karşıyaka qabristoni .

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1927-yilda Sivasning Gurun tumanida tugʻilgan. 1948-yil Hasan Hüseyin Adanadagi oʻgʻil bolalar litseyini, undan keyin 1950-yili Anqaradagi Gazi taʼlim institutini tamomladi[1]. Hasan Hüseyin Korkmazgil dastlabki faoliyatini Goʻksun shahridagi maktabda dars berishdan boshlaydi. Siyosiy qarashlari sababli oʻqituvchilikdan haydaladi, hibsga olinadi va siyosiy harakat ishtirokchisi sifatida ayblanib sudlanadi. 1955—1960-yillarda Gurun va Sivasda kotiblik qilgan. Bundan tashqari rassom va qurilishda ishchi boʻlgan.

1960-yil biroz muddat Istanbulda yashaydi, keyin esa Anqaraga koʻchib oʻtadi. „Akis“ jurnalida ishladi. U bir muddat (1968—1970) „Forum“ jurnalining badiiy sahifalariga muharrirlik ham qiladi. "Qizil irmoq" nomli kitobi uchun kommunistik targʻibot olib borganlikda ayblanadi va unga qarshi jinoiy ish ochiladi. Hasan Hüseyin 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Lekin, biroz muddatdan keyin oqlanadi.

Hasan Husayn o‘rta maktabda oʻqib yurgan kezlardayoq ilk sheʼrlarini yoza boshlagan. Uning dastlabki sheʼri 1959-yilda „Dost“ nomli jurnalda chop etiladi. Bu yillarda uning hajviy hikoyalari ham nashrdan chiqadi. Kavel (Ish tashlash, 1963) nomli kitobi bilan 1964-yilda Yeditepe sheʼriyat mukofotini, 1970-yil „Kızılkuğu“ nomli asari bilan TRT telekanalining „sanʼat muvaffaqiyati“ mukofotini (1971), 1981 yil Oʻmer Faruk sheʼr mukofoti va „Filizkıran Fırtınası“ asari orqali Nevzat Ustun sheʼr mukofotini (1981) qoʻlga kiritgan.

Shoirning 1983-yilda miyasiga qon quyilishi oqibatida bir yil davomida ogʻir ahvolda yashab yurgan. 1984-yil 26-fevralda esa oʻz uyida vafot etgan. Maltepe masjidida oʻqilgan janoza namozidan keyin Karşıyaka qabristoniga dafn qilingan.

Hasan Hüseyin Korkmazgilning rafiqasi Azime Korkmazgildan „Bir Oğlum Olacak Adı Temmuz“ sheʼrida tilga olingan Temmuz Korkmazgil (1965) ismli bir o‘g‘li bor. U ham ijod qilib keladi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Hozircha biror asari oʻzbekchaga tarjima qilingani yoʻq)

Sheʼrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kavel (1963)
  • Temmuz Bildirisi (1965)
  • Kızılırmak (1966)
  • Kızılkuğu (1971)
  • Ağlasun Ayşafağı (1972)
  • Oğlak (1972)
  • Acıyı Bal Eyledik (1973)
  • Kelepçemin Karasında Bir Ak Güvercin (1974)
  • Koçero Vatan Şiiri (1976)
  • Haziranʼda Ölmek Zor (1977)
  • Filizkıran Fırtınası (1981)
  • Acılara Tutunmak (1981)
  • Işıklarla Oynamayın (1982)
  • Tohumlar Tuz İçinde (1988)
  • Kandan Kına Yakılmaz (1989)

Hajviy hikoyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adib hazil jurnallarida Hüseyin Korkmazgil nomi bilan yoki oddiygina Korkmazgil familiyasi bilan chop etilgan baʼzi yumor hikoyalarini uchta kitobga jamlagan.

  • Öhhöööö! (1964)
  • Made in Türkey (1970)
  • Bıyıklar Konuşuyor (1971)

Sarguzasht[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bağdat Basra Yollarında (1974)

Bolalar uchun kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Eşeğin Gözyaşları
  • Aşıcı Baba
  • Ormanın Öcü
  • Ressamın Bıldırcınları
  • Becerikli Çocuğun Düşleri

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 20. Yüzyıl Türk Şiiri Antolojisi. bilgi yayınevi, Eylül 2009 — 393 bet. ISBN 975-494-022-3. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • [1][sayt ishlamaydi]