Harron jangi
| Harron jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Salib yurishlarining bir qismi | |||||||
| |||||||
| Raqiblar | |||||||
| Antioxiya knyazligi Edessa grafligi |
Saljuqiylar imperiyasi | ||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Baldwin II (POW) Bohemond I Tankred Joscelin I (POW) |
Mosuldan Jikirmish Sökmen | ||||||
| Kuchlar | |||||||
| 3 000 otliq 7 000 piyoda[2] |
20 000[2] | ||||||
| Yoʻqotishlar | |||||||
| 5 000 nafar[2] | 2 000 nafar[2] | ||||||
Harron jangi 1104-yil 7-mayda Antioxiya knyazligi va Edessa grafligidan iborat salibchi davlatlar bilan saljuqiy turklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Bu Birinchi salib yurishidan keyin tashkil topgan salibchi davlatlarga qarshi oʻtkazilgan ilk yirik jang boʻlib, franklarning hududiy kengayishiga qarshi muhim burilish nuqtasini anglatgan[3]. Jang Antioxiya knyazligi uchun halokatli oqibatlarga olib kelgan, chunki turklar avval boy berilgan hududlarning bir qismini qayta egallagan[4].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1104-yilda Baldwin II Harron shahriga hujum qilib, uni qamal qilgan. Keyingi harbiy yordamni taʼminlash maqsadida u Bohemond I va Tankreddan yordam soʻragan. Bohemond va Tankred Antioxiyadan Edessa tomon yoʻl olib, Baldwin va Joselin I bilan qoʻshilgan. Ular birga Antioxiyaning lotin patriarxi Bernard, Quddusning lotin patriarxi Daimbert hamda Edessa arxiyepiskopi Benedikt ham kelgan.
Saljuqiylar Mosul hokimi Jikirmish hamda Mardinning artuqiy hukmdori Sökmen boshchiligida Xabur daryosi atrofida, ehtimol Ras al-Ayn yaqinida toʻplangan. 1104-yil may oyida ular Edessaga hujum qilgan. Bu, ehtimol, salibchilarni Harrondan chalgʻitish yoki salibchilar boshqa joyda band boʻlgan paytda shaharni egallash maqsadida amalga oshirilgan.
Jang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamondosh tarixchi Ibn al-Qalanisiyning maʼlumotlariga koʻra, Tankred va Bohemond qamal paytida Edessaga yetib kelgan. Biroq Chronicle of 1234 asarida yozilishicha, ular avval Harron darvozalariga kelib tushgan. Har holda, saljuqiylar salibchilardan soxta chekinish orqali uzoqlashgan va salibchilar ularning ortidan quvgan. Zamondosh solnomachi Matthew quvish 2 kun davom etganini, boshqa bir tarixchi Ralf esa uning 3 kun davom etganini qayd etgan[5]. Ibn al-Asirning soʻzlariga koʻra, asosiy jang Harrondan 12 km uzoqlikda boʻlib oʻtgan. Aksariyat tarixchilar Albert va Fulcher keltirgan maʼlumotlarni qabul qilib, jang Raqqa shahriga qarama-qarshi joylashgan tekislikda boʻlib oʻtganini taʼkidlashadi. Raqqa Harrondan taxminan 2 kunlik masofada joylashgan.
Bald2in va Joscelin Edessa qoʻshinining chap qanotiga, Bohemond va Tankred esa Antioxiya qoʻshinining oʻng qanotiga qoʻmondonlik qilgan[6]. Tarixchi Ralfning yozishicha, saljuqiylar jang qilish uchun toʻsatdan qaytib hujum qilganida salibchilar mutlaqo tayyorgarliksiz qolgan. Hatto Baldwin va Bohemond zirhsiz holda jang qilishga majbur boʻlgan.
Jang davomida Baldwin qoʻshinlari butunlay tor-mor etilgan va turklar Baldwin hamda Joscelinni asir olgan[7]. Antioxiya qoʻshinlari esa Bohemond bilan birga Edessaga qochib qutulishga muvaffaq boʻlgan. Biroq Jikirmish oʻljaning oz qismini qoʻlga kiritgani sababli, Baldwinni Sokman lageridan yashirincha olib ketgan. Garchi, tovon puli toʻlangan boʻlsa-da, Joscelin 1108-yilgacha, Baldvin esa 1109-yilgacha ozod etilmagan.
Ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jang salibchilarning ilk hal qiluvchi magʻlubiyatlaridan biri boʻlib, Antioxiya knyazligi uchun juda ogʻir oqibatlarga olib kelgan[8]. Vizantiya imperiyasi ushbu magʻlubiyatdan foydalanib, Antioxiya ustidan oʻz daʼvolarini kuchaytirgan hamda Latakiya va Kilikiyaning ayrim qismlarini qayta egallagan. Antioxiya tasarrufidagi koʻplab shaharlar qoʻzgʻolon koʻtargan va Halabdan kelgan musulmon kuchlari yana bosib olgan. Kilikiyadagi arman hududlari ham Vizantiya yoki Armaniston foydasiga qoʻzgʻolonga chiqqan. Bundan tashqari, bu voqealar Bohemondni Italiyaga qaytib, yangi qoʻshinlar yollashga majbur qilgan. Natijada, Antioxiya regentligini Tankredga topshirgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The Crusades By Charles Lethbridge Kingsford, pg. 145
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Matthews, Rupert. „Battle of Harran“. Encyclopedia Britannica, 30 Apr. 2025.Accessed 1 August 2025.
- ↑ The Crusades, C. 1071-c. 1291 By Jean Richard, Jean Birrell, pg. 128
- ↑ The Story of the Crusades by Thomas Andrew Archer, Charles Lethbridge Kingsford, Henry Edward Watts, pg. 145
- ↑ Bacharach, p. 164.
- ↑ Although Ralph of Caen says that Tancred commanded the middle (Bacharach, p. 165)
- ↑ The Crusades: The Story of the Latin Kingdom of Jerusalem By Thomas Andrew Archer, Charles Lethbridge Kingsford, pg. 145
- ↑ The Crusades, c. 1071 – c. 1291. By Jean Richard, Jean Birrell. p. 128.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bernard S. Bachrach and David S. Bachrach, 2005. The Gesta Tancredi of Ralph of Caen: A History of the Normans on the First Crusade. The first English translation. ISBN 0-7546-3710-7
- Beaumont, André Alden. „Albert von Aachen and the County of Edessa“, in Louis J. Paetow, ed. The Crusades and Other Historical Essays. Presented to Dana C. Munro by His Former Students. New York, 1928, pp. 101–138, esp. 124-127.
- Fulcher of Chartres, A History of the Expedition to Jerusalem, 1095-1127, trans. Frances Rita Ryan. University of Tennessee Press, 1969.
- Heidemann, Stefan. Die Renaissance der Städte in Nordsyrien und Nordmesopotamien: Städtische Entwicklung und wirtschaftliche Bedingungen in ar-Raqqa und Harran von der beduinischen Vorherrschaft bis zu den Seldschuken. Islamic History and Civilization: Studies and Texts 40, Leiden, 2002, p. 192-197.
- Jörgensen, Christer (2007), „Harran, 1104.“ In Battles of the Crusades 1097-1444. Edited by Kelly Devries. London: Amber.
- Armenia and the Crusades, Tenth to Twelfth Centuries: The Chronicle of Matthew of Edessa. Trans. Ara Edmond Dostourian. National Association for Armenian Studies and Research, 1993.
- Nicholson, Robert Lawrence. Tancred: A Study of His Career and Work in Their Relation to the First Crusade and the Establishment of the Latin States in Syria and Palestine. Chicago, 1940, pp. 138–147.
- William of Tyre, A History of Deeds Done Beyond the Sea, trans. E. A. Babcock and A. C. Krey. Columbia University Press, 1943.