Harbiy xizmatdan bosh tortish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harbiy xizmatdan bosh tortish (OʻzRda) — fuqarolarning mamlakat konstitutsiyasida nazarda tutilgan oʻz fuqarolik burchini bajarishdan bosh tortishi. Bu, avvalo, chaqiriluvchining uzrli sabablarsiz chaqiriq komissiyasiga yetib kelmaganligida ifodalanadi. Rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan turli holatlar chaqiriq joyiga kelmaslikning uzrli sabablari boʻlishi mumkin. Bunday holatlarga chaqiriluvchining yaqin qarindoshlaridan birining salomatligi ogʻirlashgan yoki vafot etgan holatlari, chaqiriluvchiga bogʻliq boʻlmagan tarzda uning chaqi-riq komissiyasiga borishiga monelik qilgan tabiiy yoki boshqa sabablar kiradi. Chaqiriq yoshidagi shaxsning konstitutsiyada nazarda tutilgan oʻz fuqarolik burchini bajar-maslik uchun turli usullardan foydalanishi harbiy xizmatdan boʻyin tovlash hisoblanadi. Boʻyin tovlash uzrli sabablarsiz, hujjatlarni qalbakilashtirish, aldash va boshqa yoʻllar bilan chaqiriq punktiga belgilangan vaqtda yetib kelmaslikda ifodalanadi. Bu usullarning hammasi Harbiy xizmatdan bosh tortish b.t.ni anglatadi va "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1992-yil 3-iyul)ni buzganlik uchun javobgarlikni kelti-rib chiqaradi.