Harbiy hisob ixtisosligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harbiy hisob ixtisosligi (HHI) — bu harbiy xizmatchi yoki chaqiriluvchining tegishli mutaxassislikka biriktirish uchun foydalanaliladigan maxsus raqamlardir. Har bir muddatli harbiy xizmatchilar, zaxiradagilar, shartnoma boʻyicha askarlar, turli qoʻshinlar, maxsus kuchlar va turli xil tuzilmalar xodimlarida HHI bor[1]. HHIni armiyada xizmat qilayotganda yoki harbiy kafedraga ega boʻlgan universitet yoki institut diplomi bilan birga olish mumkin. Shuningdek, HHI toʻgʻridan-toʻgʻri chaqiruv punktida tayinlanishi mumkin — masalan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan chaqiriluvchi harbiy qismga haydovchi sifatida yuborilishi mumkin. Hujjatlarda HHI odatda olti xonali raqamli kod sifatida koʻrsatiladi, baʼzida raqamlar soʻngida harf ham ishlatilishi mumkin (masalan, 999000A). Koddagi birinchi raqamlar harbiy kasbni bildiradi[2]. HHI kodi harbiylarni tezda kerakli boʻlinmaga tayinlash imkonini beradi va safarbarlik holatida kodlar qurolli kuchlarga har bir boʻlimdan qancha mutaxassis borligini va ularni chaqirish mumkinligini tezda aniqlash imkonini beradi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harbiy unvonlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]