Harbiy nizom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Harbiy Ustavdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Harbiy nizom, Harbiy Ustav — qurolli kuchlar va qoʻshin turlarining qoʻshilma, qism va boʻlinmalaridan jangovar harakatlarda foydalanish tamoyillari, ularning maqsadlari, vazifa va usullarini, harbiy xizmatchilarning majburiyatlarini, ular orasidagi oʻzaro munosabatlarni, kundalik turmush faoliyatini. harbiy xizmatni tashkil etish, oʻtash yoʻl-yoʻriqlarini izga soluvchi hamda odob-axloq normalarini va harbiy nizomni mustahkamlash asosini belgilab beruvchi rasmiy meʼyoriyhuquqiy hujjat.

Harbiy Nizom. jangovar va umumharbiy turlarga boʻlinadi. Jangovar Nizomlar qurolli kuchlar qism va boʻlinmalari turlarining jangovar tayyorgarlik asoslari hamda jangovar harakatlarni olib borishni belgilab beradi. Umumharbiy Nizomlar harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlari, ularning umumiy va lavozimga oid majburiyatlari, huquqlari, ichki, garnizon va qorovullik xizmatlarini oʻtash tartiblari va boshqalarni belgilovchi qurolli kuchlarning hamma turlari uchun umumiy majburiy qoidalardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat, intizom, garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 oktabrdagi farmoni bilan, Saf nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1996 yil 14 oktabrdagi 238-sonli buyrugʻi bilan joriy etilgan. Harbiy Nizom 4 ta bulib ular -Ichki Xizmat nizomi uchta qism , o'n ikki bob, to'rt yuz uttiz sakkiz ta modda. Harbiy Saf Nizomi Harbiy Intizom Nizomi Garnizon va Qorovul Nizomidir.