Kontent qismiga oʻtish

Harakat nazariyasi (falsafa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harakat nazariyasi — bu inson ixtiyoriy tana xatti-harakatlariga sabab bo'luvchi jarayonlar haqida nazariyalar ilgari suriluvchi falsafa sohasidir. Mazkur soha epistemologiya, etika, metafizika, yurisprudensiya va ong falsafasi kabi tafakkur yo'nalishlari bilan bog'liq bo'lib, Aristotelning Nikomax axloqi asari yozilishidan keyin muntaam faylasuflar diqqat-e'tibori markazida bo'lib kelmoqda[1]. Psixologiya, keyinroq nevrologiya fanlarining shakllanishi bilan harakat nazariyasida ilgari suriluvchi ko'plab farazlarni empirik jihatdan tekshirib ko'rish imkoniyati yuzaga keldi.

Falsafada tadqiq etiluvchi harakat nazariyasi sotsiologiya fanidagi harakat nazariyalari (misol uchun Talcott Parsons tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy harakat nazariyasi bilan), yoki faoliyat nazariyasi bilan ham chalkashtirilmasligi kerak.

Agar "qo'limni ko'tarishim" faktidan "qo'lim ko'tarilishi" faktini ayiradigan bo'lsam, nima qoladi?

Umumiy bayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harakat nazariyasida harakat muayyan vaziyatda muayyan agent (harakat bajaruvchisi) yomonidan bajarilgan xulq-atvor ko'rinishi sifatida ta'riflanadi. Agentning istaklari va ishonchlari (misol uchun, bir stakan suv xohlash va oldida turgan shaffof rangli suyuqlikning suv ekaniga ishonish) tana xatti-harakatini keltirib chiqaradi (misol uchun, stakanga qo'l uzatish). Oddiy harakat nazariyasida istak va ishonch birgalikda harakatni yuzaga keltiradi. Michael Bratman bunday qarashga qarshi o'z e'tirozini bildirgan bo'lib, bu yerda shaxsning niyati (intensiyasi) ishonch va istaklarga bo'linmasdan, balki mustaqil ta'sir ko'rsatuvchi omil hisoblanishi haqida fikr bildirgan[2].

Aristotel sinchiklab o'tkazilgan ilmiy tahlil orqali ham harakat sabab - bajaruvchi, ham maqsad sabab - niyat to'la ta'riflanishi mumkin.

Ba'zi nazariyalarga ko'ra harakatning asosida istak va o'sha istakni qondirish vositalariga nisbatan ishonch yotadi. Agentlar o'z xatti-harakatlari bilan istaklarini qondirishni maksimallashtirish uchun intiladi. Mazkur prospektiv oqilonalik nazariyasi, nisbatan kengroq ko'lamli oqilona tanlov nazariyasi bilan birgalikda, iqtisodiyot va boshqa ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadi. Biroq, ko'plab harakat nazariyotchilari fikriga ko'ra, oqilonalik faqatgina ko'zlangan niyatga erishishning eng qulay va samarali vositalarini tanlay olish bilan cheklanmasligi kerak. Bu fikrni quyidagicha asoslash mumkin: misol uchun mening X ni qilishim zaruriyati, ba'zi nazariyalarga ko'ra, meni bevosita shu X ishni qilishimga sabab bo'lishi mumkin (mening X ishni qilishni xohlash-xohlamasligimdan qat'iy nazar). Shunday ekan, bunday vaziyatlarda oqilonalik shunchaki istalgan, xohlangan ishni bajarish emas, balki agent idrok eta olgan sabablar bilan kelishgan holda harakat qilishni o'z ichiga oladi.

Harakat va determinizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garchi harakat nazariyotchilari o'zlarining harakat tabiatini tushuntiruvchi nazariyalarida odatda sababiylik tushunchalarini qo'llasada, sababiy determinatsiyaning nimaga olib borishi masalasi ixtiyor erkinligi borasidagi uzoq davom etgan bahs-munozaralarda markaziy ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Falsafada harakat tushunchasining aniq ta'rifi borasida ham konseptual bahs-munozaralar davom etmoqda. Olimlar qanday tana xatti-harakatlari mazkur kategoriyaga kirishi, ya'ni fikrlash ham harakat sifatida ko'rilishi mumkinmi, bir necha qismlardan iborat murakkab xatti-harakatlar qay tarzda ko'rib chiqiladi, ulardan ko'zlangan natijalar qanday qilib bir niyatning oqibati sifatida umumlashtirilishi mumkin, kabi masalalarda turli fikrga ega bo'lishlari mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • G. E. M. Anscombe. Intention. Oxford 1957.
  • Georg Henrik von Wright. Norm and Action. London 1963
  • Alvin I. Goldman. A Theory of Human Action. Englewood Cliffs 1970
  • Hector-Neri Castaneda. Thinking and Doing, The Philosophical Foundations of Institutions. Dordrecht 1975 / 1982
  • Donald Davidson. Essays on Actions and Events. Oxford 1980
  • Jennifer Hornsby. Actions. London 1980
  • Jonathan Bennett. Events and Their Names. Oxford 1988
  • Sebastian Rödl. Kategorien des Zeitlichen. Frankfurt am Main 2005
  • Anton Leist. Action in Context. Berlin und New York 2007
  • Michael Thompson. Life and Action. Massachusetts 2008

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wilson, George and Samuel Shpall, "Action", The Stanford Encyclopedia of Philosophy (Winter 2016 Edition), Edward N. Zalta (ed.), URL = <https://plato.stanford.edu/archives/win2016/entries/action/>.
  2. А.В.Смирнов „ДЕЙСТВИЕ“. https://iphlib.ru. Институт Философии Российской Академии Наук. Qaraldi: 22-may 2022-yil.