Xudoyberdi Haqberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Haqberdiyev Xudoyberdidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xudoyberdi Haqberdiyev (1949.1.6, Samarqand) — kulol, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997). Usta Umarqul Joʻraqulovga shogird tushib hunar oʻrgangan. 1968 yildan mustaqil usta: Badiiy fond ustaxonasida; 1978 yildan "Us to" birlashmasida. Haqberdiyev ijodi madaniy, tarixiy anʼanalar bilan uzviy bogʻliq, asarlarida oʻziga xos mavzuli mujassamotlarida nafis shakl yechimiga erishgan: "Ajdarho" (1972), "Bosim" (1990), "Soʻgʻdiyona" (1991—92), "Ur-gut—Samarqand" (1991—92), "Sara-ton" (1996), "Samarqand" (2002), "Buyuk ipak yoʻli" (2004) va boshqa

Haqberdiyev 1967 yildan asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi. Jumladan, 2002 yildan Gollandiya shaharlarida yiliga 2 marta uyushtiriladigan kulollar assotsiatsiyasi koʻrgazmasi qatnashchisi. Asarlari respublika va xorijiy davlatlar muzeylari va toʻplamlarda saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Haqberdiyev Xudoyberdi" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil