Han Peng

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Han Peng
韩鹏
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Han Peng
Tavallud sanasi 13-sentyabr 1983-yil (1983-09-13) (40 yosh)
Tavallud joyi Jinan, Shandong, Xitoy
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Xitoy
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Shandong Luneng
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2015 Shandong Luneng 268 (93)
2016—2018 Beijing Renhe 35 (4)
Milliy terma jamoa
2006—2014 Xitoy 35 (10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-noyabr 2018-yil uchun)

Han Peng (1983-yil 13-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik sobiq futbolchi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shandong Luneng yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi Han Peng klubdagi debyutini 2002-yilning 10-martida Sichuan Guanchengga qarshi oʻtkazgan. 2002-yilning 23-martida Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda ligadagi birinchi golini kiritgan. Asta-sekin Shandong jamoasida bir necha mavsum davomida oʻzini namoyon qilgan, 2005-yilgi mavsumda Han Li Jinyu bilan ajoyib tandem hosil qilgan oʻsga mavsum u ligada yettita gol urgan[1]. Shundan soʻng Shandongga 2006-yilgi liga chempionligi hamda Xitoy FA kubogini qoʻlga kiritishga yordam bergan yana oʻnta golga mualliflik qilgan[2]. Kelgusi mavsumda Han oʻzining eng samarali mavsumini oʻtkazgan, u ligada oʻn uchta gol urgan, ammo uning jamoasi Shandong liga chempionligini saqlab qola olmagan[3]. 2008-yilgi mavsum shaxsan Han uchun omadsiz mavsum boʻlgan u mavsumning koʻp qismida jarohat olgan va oʻyinlarni oʻtkazib yuborgan. Ammo Shandong liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

2015-yilning 19-dekabrida Han Xitoyning birinchi ligasi vakili Beijing Renhega ikki yillik shartnoma asosida erkin agent sifatida oʻtgan[4]. U klub bilan shartnomasini 2017-yilning 31-dekabrida Pekin Renhe Xitoy Superligasiga chiqqanidan keyin uzaytirgan[5].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Han xalqaro maydondagi debyutini 2006-yilning 3-iyunida Shveysariyaga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan[6]. U 2007-yilgi Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Zhu Guanhu jamoasining ajralmas qismiga aylangan va oʻzining birinchi golini 2006-yilning 15-noyabrida Iroqqa qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan[7]. Turnir davomida Han jamoadoshi Li Jinyu bilan birga tandem hosil qilishgan[8]. Turnir doirasida u ikkita gol urishga muvaffaq boʻlgan. Ammo Xitoy guruh bosqichidan chiqa olmagan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub MAvsum Divizion Liga Kubok Qitʼa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shandong Luneng 2002 1 18 2 1 1 - 19 3
Shandong Luneng 2003 1 8 3 2 0 - 10 3
Shandong Luneng 2004 1 10 3 9 4 - 19 7
Shandong Luneng 2005 1 25 6 9 4 7 2 41 12
Shandong Luneng 2006 1 26 10 5 5 - 31 15
Shandong Luneng 2007 1 22 13 - 6 2 28 15
Shandong Luneng 2008 1 10 8 - - 10 8
Shandong Luneng 2009 1 28 11 - 5 3 33 14
Shandong Luneng 2010 1 28 17 - 6 2 34 19
Shandong Luneng 2011 1 26 8 2 1 5 1 33 10
Shandong Luneng 2012 1 14 3 0 0 - 14 3
Shandong Luneng 2013 1 15 7 0 0 - 15 7
Shandong Luneng 2014 1 21 0 5 1 4 1 30 2
Shandong Luneng 2015 1 17 2 4 1 4 0 25 3
Beijing Renhe 2016 2 17 4 2 1 - 19 5
Beijing Renhe 2017 2 17 0 1 0 - 18 0
Beijing Renhe 2018 1 1 0 1 0 - 2 0
Jami 303 97 41 18 37 11 381 126

Xalqaro maydondagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Musobaqa
1 15.11.2006 Changsha, Xitoy  Iroq 1-1 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi
2 7.02.2007 Suzhou, Xitoy  Qozogʻiston 2-1 Oʻrtoqlik
3 27.03.2007 Makao, Xitoy  Oʻzbekiston 3-1 Oʻrtoqlik
4 27.03.2007 Makao, Xitoy  Oʻzbekiston 3-1 Oʻrtoqlik
5 10.07.2007 Kuala-Lumpur, Malayziya  Malayziya 5-1 2007-yilgi Osiyo kubogi
6 10.07.2007 Kuala-Lumpur, Malayziya  Malayziya 5-1 2007-yilgi Osiyo kubogi
7 15.03.2008 Kunming, Xitoy  Tailand 3-3 Oʻrtqolik
8 25.07.2009 Tyanjin, Xitoy  Qirgʻiziston 3-0 Oʻrtqolik
9 8.11.2009 Quvayt shahri, Quvayt  Quvayt 2-2 Oʻrtqolik
10 30.12.2009 Yivu, Xitoy  Iordaniya 2-2 Oʻrtqolik

Shandong Luneng[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 24.02.2010 Xirosima katta archasi, Xirosima, Yaponiya YaponiyaSanfrechche Xirosima 1 — 0 1-0 2010-yil Osiyo chempionlar ligasi
2. 13.04.2010 Shandong stadioni, Jinan, Xitoy YaponiyaSanfrechche Xirosima 1 — 0 2-3

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shandong Luneng[9]

  • Xitoy Superligasi : 2006, 2008, 2010
  • Xitoy FA kubogi : 2004, 2006, 2014[10]
  • Xitoy Superliga kubogi : 2004-yil
  • Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy FA kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2006-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „韩鹏: 2005赛季表现“. csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  2. „China 2006“. rsssf.com (8-mart 2007-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  3. „韩鹏: 2007赛季表现“. rsssf.com. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  4. 人和宣布韩鹏汪强正式加盟 at sports.sohu.com 2015-12-19 Retrieved 2016-01-06
  5. „人和官方宣布续约韩鹏汪强:加油两位"小将"!“. Sina (31-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
  6. „China PR 1-4 Switzerland“. teamchina.freehostia.com (3-iyun 2006-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  7. „China PR 1-1 Iraq“. teamchina.freehostia.com (15-noyabr 2006-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  8. „China leave out leading scorer Li Jinyu“. soccernet.espn.go.com (15-iyun 2007-yil). 19-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  9. „Han, Peng“. National-football-teams.com (22-avgust 2019-yil). Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  10. „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (22-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.