Rashid Hamroyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hamroyev Rashid Hamidovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Rashid Hamidovich Hamroyev (1937.27.8, Buxoro - 1985.5.9, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1984). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1961). Toshkent teatr va rassomlik sanʼ-ati institutida kafedra mudiri (1961—76), Toshkent madaniyat instituti dotsenti (1974 yildan). Yirik musiqiy-sahnaviy va simfonik musiqa janrlarida ijod qilib, "Zulmatdan ziyo" (1965), "Tong oldidan" (1972), "Shayx Sanʼon" (1980) operalari, 4 simfoniya (1965-85), fortepiano (1961), skripka (1973) va orkestr uchun kon-sertlar, "Abu Ali ibn Sino" vokal-simfonik poemasi, shuningdek, torli kvartet, turli kamer musiqa asarlari, musiqali dramalar kabi milliy ohanglar bilan sugʻorilgan, dramatik va lirik jozibador asarlar muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1966).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil