Hamrobibi Rahimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hamrobibi Bozor qizi Rahimova (1896—Buxoro viloyati Vobkent tumani — 1979.25.12) — sopol oʻyinchoqlar yasovchi kulol; kad. anʼanaviy mayda shakllar haykaltaroshligi namoyandasi. R. hunar (loydan oʻyinchoq xushtak — ushpulaklar tayyorlash, ularni oʻchoqda qizdirib pishitish, boʻyash)ni Shamsibibi kampirdan oʻrgangan. 1970—75 yillar Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi Badiiy fondida, 1978—79 yillar "Us to" birlashmasida usta. R. qad. xalq sanʼati uslubida ijod qildi, u yaratgan soda va samimiy yumorli mazmun bilan boyitilgan oʻyinchoqlar (ot, fil, eshak, qoʻchqor, tovuq, toychoq, kiyik, qoʻzichoq) afsonaviy qush va hayvonlarning shakllaridan iborat boʻlib, xushtagi yon tomonida; oʻyinchoqlarning yuqrri qismi tuxumning oqi qoʻshilgan sariq, qizil, yashil, koʻk rang boʻyoqlar bilan boʻyalib, chiziqlar bilan bezatilgan. R. ishlaridan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari (jumladan, Luvr, Parij; "Faense" jahon keramika muzeyi, Italiya; Ermitaj, Sankt-Peterburg va boshqalar)da saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil