Hammabop ingliz tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Hammabop ingliz tili: English for Everybody
Muallif Muxtorxon Umarxoʻja
Sharofiddin Olim
Janr grammatika
Til oʻzbek
Nashriyot Sharq nashriyot-matbaa konserni
Nashr etilgan 1998
Sahifalar soni 134

„Hammabop ingliz tili: English for Everybody“Muxtorxon Umarxoʻja hamda Sharofiddin Olim qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha qoʻllanma. 1998-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyatida chop etilgan.

Qoʻllanma toʻrt boʻlimdan iborat boʻlib, birinchi qismda ingliz tili fonetikasi, ikkinchi qismda grammatik qoidalar, uchinchi qismda ogʻzaki nutqni oʻstirish uchun misollar, toʻrtinchi qismda turli vaziyatlar ifodalangan seanslar keltirilgan. Qoʻllanma ingliz tilini oʻrganishga qaror qilgan keng ommaga moʻljallangan. Shuningdek, mualliflar undan maktab, litsey va oliy oʻquv yurtlarining boshlangʻich bosqichida darsliklarga qoʻshimcha oʻquv vositasi oʻlaroq foydalanishni tavsiya qilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Gʻ. Hoshimov – masʼul muharrir, I. Shoymardonov – nashr uchun masʼul, F. Nasharova – badiiy muharrir, D. Gabdraxmanova – texnik muharrir. Shuningdek, Oʻ. Yusupov, S. Rahumov va M. Abduvaliyevlar kitobni taqriz qilgan. Kitob adadi – 10 000 nusxa.