Salimjon Hamidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hamidov Salimjon Salomovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Salimjon Salomovich Hamidov (1920.29.12 - Buxoro - 1973L9.8) -kandakor, sulola davomchisi; Oʻzbekiston xalqrassomi (1972). Hunarni otasi — kandakor usta Abdusalom Hamidovdan oʻrgangan. H. metall va marmarga oʻyib naqsh ishlashni puxta egallagan; yoshligidan otasining shogirdlari qatorida murakkab oʻyma naqshlarni ishlay boshlagan; metall buyumlar bezak mujassamotlarini yangi mavzular bilan boyitdi (mas, patnisga ishlangan "Oʻzbekistonim" mujassamoti, 1969 va boshqalar), bezaklarda Buxoro meʼ-moriy yodgorliklarini aks ettirdi. Metall va marmarga oʻiib naqsh ishlovchi koʻplab shogirdlar yetishtirdi, uning tashabbusi bilan Buxoroda kan-dakorlik maktab-ustaxonasi tashkil etilgan (yana q. Buxoro kandakorlik maktabi).