Hamid Yoqubovich Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karimov Hamid Yoqubovich (1941.7.1, Toshkent) — patofiziolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998). Tibbiyot fanlari doktori (1979), professor (1980), Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1964). Patologik fiziologiya kafedrasi assistenta, dotsenti (1969—81), professor (1981—88), markaziy ilmiy tekshirish laboratoriya rahbari (1988—90), II Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori (1990 yildan). Asosiy ilmiy ishlari toʻqima, hujayra, molekulyar bosqichlarda funksional-metabolik koʻrsatkichlar bilan bogʻliq muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan. K. rahbarligida Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi mikrotsirkulyasiya laboratoriya si tashkil etildi, unda qon tomir devori fiziologiyasi va patologiyasi oʻrganiladi. "Patologiya" jurnalning bosh muharriri (1998 yildan). Polsha Tibbiyot akademiyasi akademik (2000). "Albert Shveyser" nomli Xalqaro oltin medal bilan takdirlangan (2000).[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Patofiziologicheskiye aspekti monooksigennoy sistemi, T., 1994; Urologik oʻtkir xastalik va shikastlanishlarda tez yordam. T., 1994; Nekotorie patologicheskiye aspekti ostrogo pankreatita. T., 1996; Ekzogenniy fibroziruyushiy alveolit v usloviyax jarkogo klimata, T., 1999.