Hamdoʻstlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hamdo‘stlikdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Hamdoʻstlik (1947 yilgacha Britaniya millatlar hamdoʻstligi) — Buyuk Bri-taniya va uning sobiq koʻpgina dominionlari hamda mustamlakalaridan iborat birlashma. H.ning huquqiy maqomi 1931 yil Vestminster statuti bilan belgilab berilgan (1947 yil aniqlik kiritilgan). Unda H.ga aʼzo davlatlarning oʻzaro hamda Britaniya bilan munosabatlari, ularning ichki siyosatda ham, tashqi siyosatda ham mustaqil va tenghuquqli davlat sifatida faoliyat yuritishi oʻz ifodasini topgan. 1971 yil Singapurda imzolangan H. prinsiplari toʻgʻrisidagi Deklaratsiya H. kon-sensus tamoyillari asosida ish olib boruvchi ixtiyoriy birlashma ekanli-gini tasdiqladi. H. 30 respublika va 21 monarxiyadan tashkil topgan. 16 monarxiya davlat boshligʻi sifatida Buyuk Britaniya qirolini tan oladi, bu mamlakatlarda general gubernator qirol nomidan ish koʻradi; 5 monarxiya oʻz qiroliga ega. Buyuk Britaniya monarxi H. boshligʻi va uning ramzi hisoblanadi. H. mamlakatlari har yili konfe-rensiya oʻtkazadilar. H. Kotibiyati mavjud. Buyuk Britaniyada hukumat tarkibida H. ishlari boʻyicha vazir bor.