Hakimxoʻja qozikalon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hakimxoʻja qozikalon (1802 — Toshkent — ?) — Toshkentning soʻnggi qozikaloni. 1865 yilda Rossiya qoʻshinlari Toshkentni qamal qilganida shahar mudofaasi rahbarlaridan biri. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan egallangach, Hakimxoʻja qozikalon Abulqosim eshon, domla Solihbek oxund singari nufuzli kishilar bilan M.T.Cher-nyayev qarorgohiga borib Toshkent shahrini idora etish xususida u bilan muzokara olib borgan (1865 yil 12 iyul). Hakimxoʻja qozikalon hamma masalada oʻz xalqi manfaatlari saqlangan holda amniyatnoma tuzilishiga sababchi boʻlgan. 1866 yil Turkiston viloyati harbiy gubernatori general Romanovskiy nomiga laganbardorlar muhri bosilgan tavsifnomaga imzo chekmagani tufayli general bilan munosabati yomonlashgan.

1867 yilda fon Kaufman Toshkentga kelganida Hakimxoʻja qozikalon xususidagi taʼriflarni eshitib, uning uyiga boradi. U bilan suhbatlashib muammoli masalalarda uning maslahatlariga muhtoj ekanligini bildirgan. Kaufman usta diplomat boʻlgani uchun Hakimxoʻja qozikalondan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmoqchi boʻladi. Bu hiylani payqagan qozi-kalon oʻz arizasiga binoan vazifasidan boʻshatiladi. Qozikalon mansabi bekor qilingach. Hakimxoʻja qozikalonning oʻgʻli muhiddinxoʻja qozi Sebzor qoziligiga saylanadi va 25 yilcha bu vazifani ado etadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Oʻzbekistonning yangi tarixi. 1-j. (Tur-kiston chorizm mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

Hamdam Sodiqov.