Neʼmatjon Hakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hakimov Neʼmatjondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Neʼmatjon Hakimov (1924 yil, Andijon shahri — 1944.28.1, Volin viloyatining Manevichi tumani) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, katta serjant. 1943 yil sentabrdan frontda. 115-otliq askarlar polki (1-Ukraina fronti 13-armiya 6-gvardiyachi otliq askarlar korpusining 8-gvardiyachi otliq askarlar diviziyasi) vzvod komandiri yordamchisi. 1944 yil 28 yanvarda Kozlinichi qishlogʻi (Volin viloyati, Manevichi tumani) yaqinidagi Stir daryosi yonidagi jangda jasorat qoʻrsatib halok boʻlgan. Oʻlimidan soʻng Qahramon unvoni berilgan (1965 yil 6 may). Manevichi tumanidagi balandlik yonida, Andijon shahridagi maydonda va 32-,37-maktablar oldida byusti oʻrnatilgan. Volin viloyatining Lutsk shahridagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.