Hakim Nazir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hakim nazirdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Hakim nazir
Tavallud sanasi: 15-oktabr 1915-yil(1915-10-15)
Tavallud joyi:Toshkent
Vafot sanasi:(2008-05-15)may 15, 2008
Kasb: Prozachi, publitsist

Hakim nazir (Nazarov Hakim nazirovich) (15.10.1915, Toshkent - 15.05.2008) — bolalar yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1984). Toshkent kechki pedagog instituti (1941) va Moskvada Oliy adabiyot kursini (1956) tugatgan. Yoshlar gazetasi va jurnallarida (1933-41), Oʻzbekiston radio qoʻmitasida (1942— 53), Badiiy adabiyot va sanʼat nashriyotida (1956—61) ishlagan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1953—54), adabiy maslahatchi (1954—78).

Ilk hikoyalar toʻplami — „Qishloqdagi jiyanlarim“ (1948)da qishloq bolalarining hayoti va mehnati tasvirlangan. Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa ijodidan mahorat sirlarini oʻrgangan. Uning ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib. dastavval lavhalar, reportaj va xabarlar bilan „Lenin uchquni“ ro‘znomasida paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, ketma-ket adibning „Pionerlar bogʻi“ (1950), „Besh baho“ (1955), „Cho‘l havosi“ (1958), „Meni taniysizmi?“ (1963), „Bolajonlarim“ (1964) singari hikoyalar to‘plamlari yaratildi. Mazkur asarlarda yozuvchi bolalar va o‘smirlarga xos begʻubor qalb harorati va tuygʻularini ardoqlashga intildi, ularni mehnatsevar, el-yurt, vatan farzandlari bo‘lishga daʼvatkorlik qildi. Uning 40 dan ortiq kitoblarida yoshlik tashvishlari, orzu-intilishlari o‘z ifodasini topdi. „Koʻkorol chiroqlari“ qissasi (1954; qayta ishlangani — „Soʻnmas chiroqlar“, 1958)da mehnat jarayonida yoshlar xarakteridagi ijobiy fazilatlar shakllanishi tasvirlangan. „Suv gadosi…“ (1962), „Yonar daryo“ (1965) qissalarida choʻlga obi-hayot keltirish, gaz konini ochish uchun kurashayotgan yoshlar obraziʼ yaratilgan. „Lochin qanotlari“ romanida (1973) Ikkinchi jahon urushi davri voqealari aks etgan. „Koʻkterak shabadasi“ qissasi (1968) katta yoshdagilarga bagʻishlangan. „Kenjatoy“ qissasi, „Chiranma gʻoz— hunaring oz“ pyesasi, ocherklar, hikoya va maqolalar muallifi.

Hakim Nazirning o‘ndan ortiq kitoblari va asarlari rus va boshda tillarda nashr etilgan bo‘lib, ayrim eng yaxshi asarlari „Pioner kutubxonasi“ to‘plaminin 6-jildida nashr etilgan. U ayni chog‘da mohir tarjimon hamdir. A.Gaydar, P.Pavlenko, L.Kassil, V.Katayev va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

Manbalar[tahrir]

  • Tanlangan asarlar [5 j.li], T., 1977-81; Vetrm Kok-teraka. Povest i rasska-zn. M., 1961; Sabir-vnuk. Nadire, Povest, M., 1979.

Adabiyot[tahrir]

  • Normatov M., Hakim Nazir. Ijodiy yoʻli. T., 1973.

Havola[tahrir]

Hakim Nazir (1915-2008)

Ҳаким Назир