Hafsa xotun
| Hafsa xotun | |
|---|---|
| Tugʻilishi | Selçuk, Aydınoğulları bekligi |
| Vafoti |
1403-yildan keyin Bursa, Usmoniylar imperiyasi |
| Turmush oʻrtogʻi |
Boyazid I (turm. 1390; vafot etgan 1403) |
| Uy |
Aydınoğulları bekligi Usmoniylar (nikoh orqali) |
| Otasi | Fahriddin Iso Bey |
| Dini | Islom, Ahl as-Sunna val-Jamoa |
Hafsa xotun („yosh sher ayol“, 1403-yildan keyin vafot etgan) – turk malikasi, Sulton Boyazid I ning xotini va Usmoniylar imperiyasi saroy ayollaridan biri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hafsa xotun Aydınoğulları bekligi hukmdori Iso Beyning qizi. 1390-yilda Sulton Boyazid tomonidan Aydınoğulları bekligi bosib olingach, sultonga turmushga chiqqan. Uning farzandlari haqida hech qanday maʼlumot yoʻq[1][2].
Uning otasi Iso Bey jang qilmasdan taslim boʻlganidan soʻng, siyosat yuzasidan Boyazid bilan Hafsa nikohlandi. Keyinchalik Iso Bey hokimiyatdan mahrum etilib, Iznikka surgun qilindi va oʻsha yerda vafot etdi[3][4]. Bu nikoh ikki sulola oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamladi[5].
Xayriya ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hafsa xotun tomonidan qurdirilgan xayriya inshootlari otasiga tegishli hududida joylashgan boʻlib, ular, ehtimol, Hafsaning Boyazidga turmushga chiqishidan oldin bunyod etilgan[1]. Hafsa xotun Tire shahrida favvora, Bademiyeda zohidlar uchun ibodat qiladian joy (hermitaj) va „Hafsa xotun masjidi“ nomli masjid qurdirgan[6]. Ushbu inshootlar 1390–1392-yillar oraligʻida u turmushga chiqqan paytda olgan sep puli hisobidan qurilgan[7].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Leslie P. Peirce. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford University Press, 1993 — [1] 40-bet. ISBN 978-0-195-08677-5.
- ↑ Uluçay, M. Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ötüken, 2011 — 25-bet. ISBN 978-9-754-37840-5.
- ↑ Vryonis, Speros; Langdon, John Springer. To Hellenikon Studies in Honor of Speros Vryonis, Jr: Hellenic antiquity and Byzantium. Artistide D. Caratzas, 1993 — 300-bet. ISBN 978-0-892-41445-1.
- ↑ Zahariádou, Elisábet A. Emporio Kai Stauroforia: 'ē Benetokratoumenē Krētē Kai Ta Emirata Tou Mentese Kai Tou Aïdiniou (1300-1415). Hellenic Institute of Byzantine and Post-Byzantine Studies., 1983 — 115-bet.
- ↑ The Valley of Civilizations, Büyük Menderes. Special Administrative Directorate of the Governorship of Aydın, 1990.
- ↑ Charities of Hafsa Hatun
- ↑ „Hafsa Hatun Mosque Built by Hafsa Hatun“. 2014-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-sentyabr.