Kontent qismiga oʻtish

Hafsa Sulton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hafsa Sulton

Hafsa Sultonning tasavvuriy portreti
Usmoniylar imperiyasining Volida Sultoni
(Sultonning onasi)
Saltanat 1520-yil 3-sentyabr – 1534-yil 19-mart
Oʻtmishdoshi Gulbahor xotun
Davomchisi Nurbanu Sulton
Tugʻilishi 1478/1479
Vafoti 1534-yil 19-mart
Ko‘z yoshlari saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi Salim I Yovuz
Farzandlari Hatice Sulton
Beyhan Sulton
Sulaymon I
Uy Usmoniylar
Dini Islom (bu dinni qabul qilgan)

Ayşe Hafsa Sulton (1478/1479 – 1534-yil 19-mart) – Sulton Salim I ning nikohsiz xotini va Sulton Sulaymon I ning onasi. Usmoniylar imperiyasining birinchi Volida Sultoni. Oʻgʻli 1520-yilda taxtga oʻtirgach, 1534-yildan vafotigacha boʻlgan davrda Usmoniylar imperiyasidagi eng nufuzli ayollardan biri.

Kelib-chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hafsa Sulton Qrim tatarlari xoni Mengli Geray I ning (1445–1515) qizi boʻlganini taʼkidlovchi anʼanaviy va umumiy qarashlar mavjud[1][2][3]. Ushbu fikr XVII asrning koʻplab gʻarb manbalarida ham qoʻllab-quvvatlanadi va Hafsa Sulton siyosiy ittifoqni mustahkamlash ramzi boʻlgan tatar malika sifatida tasvirlanadi[4][5].

Turk va gʻarb tarixchilari, jumladan, Cemal Kafadar, Halil İnalcık, John Freely, André Clot hamda Matthew Reiszlar ham bu fikrni ilgari suradilar[6]. Ushbu qarashga koʻra, Hafsa Sultonning Sulaymon I ning onasi sifatidagi mavqei siyosiy va ramziy ahamiyat kasb etadi hamda Usmoniylar sulolasini Chingiziylar nasliga mansub oilaga boʻlganligini koʻrsatadi[7][8].

Usmoniylarning hujjatli manbalariga asoslangan yana bir farazga koʻra, u nasroniy qullardan kelib chiqqan boʻlishi ham mumkin[9].

Reşat Kasaba Salim I va Hafsa Sulton oʻrtasidagi nikohni „Usmoniy sultoni bilan qoʻshni musulmon sulola aʼzosi oʻrtasidagi soʻnggi nikoh“ sifatida tilga oladi[10]. Esin Atılning maʼlumotlariga koʻra, baʼzi tarixchilar uni Geray xonining qizi deb qayd etsa, boshqalar Ayşe ismli Qrim malikasi Sulton Salim I ning xotinlaridan biri boʻlgani, Hafsa esa kelib-chiqishi qul boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi[11].

Ilya Zaytsevning taʼkidlashicha, Ayşe (Mengli Geray I ning qizi) avval Kefe hokimi boʻlgan shahzoda Mehmedga, keyin esa uning ukasi Salim I ga turmushga chiqqan. Shu orqali u Giraylar va Usmoniylar oʻrtasidagi nikoh munosabatlari orqali Usmoniylar sulolasi aʼzosiga aylangan. Shuningdek, bu ikki sulolasi oʻrtasida yana bir nikoh rishtalari qurilgan boʻlib, Salim I ning qizlaridan biri, ehtimol Gevherxon Sulton Saadet Gerey I bilan turmush qurgan, biroq bu nikoh ham isbotlanmagan[12]. Usmoniyshunos olimlar Alan Fisher, Leslie Peirce va Feridun Emecen esa Hafsani qul naslidan chiqqan va Qrim xonining qizi boʻlmagan deb hisoblaydilar[13].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hafsa taxminan 1478/1479-yillarda tugʻilgan[14][15]. 1487-yilda boshlab Trabzon viloyatining hokimi boʻlgan shahzoda Salimning koʻplab kanizlaridan biriga aylangan[15]. Salimdan kamida uch qiz: Hatice Sulton, Fatma Sulton, Beyhan Sulton va yagona oʻgʻli Sulaymonni dunyoga keltirgan[16][15].

Turk anʼanasiga koʻra, barcha shahzodalar tarbiya jarayonining bir qismi sifatida viloyat hokimi boʻlib xizmat qilishi kerak edi. Hafsa Sulaymonning hokimlik lavozimida ishlab yurgan ilk kezlarida, jumlada, 1509-yilda Kefeda[17], soʻngra 1513-yilda Manisada unga hamrohlik qilgan[15][18]. U Sulaymonning ichki saroyi va shaxsiy hayotini nazorat qilgan[15]. Kefe saroyida unga oyiga 1 000 asper maosh tayinlangan, Sulaymonning oʻzi esa bu vaqtda 600 asper olgan[15]. 1513-yilda taxt vorisining onasi sifatida Hafsa kuniga 150 asper olgan[15]. Manisada esa uy xoʻjaligining eng katta aʼzosi sifatida bu miqdor yana oshirilib, kuniga 200 asper qilib belgilangan[15]. Shu tariqa oyiga 6 000 asper maosh bilan u shahzodaning oʻzidan uch baravar koʻp haq olgan va saroydagi eng katta maoshga ega boʻlgan shaxsga aylangan[18].

Viloyatlarda Hafsa Sulaymonning eng yaqin hamrohi boʻlgan va doimiy ravishda uning yonida edi[15]. Guillaume Postelning yozishicha, u Sulaymonni otasi tomonidan qatl qilinish xavfidan asrab qolgan boʻlishi mumkin. Hafsa oʻgliga merosxoʻr sifatida taxtga daʼvo qilmaslikni maslahat bergan. Sulton Salim vafotidan bir necha yil oldin oʻgʻillarining sadoqatini sinab koʻrish maqsadida taxtdan voz kechishni istashini aytib, kim saltanatni boshqarishni xohlashini soʻragan va dadillik bilan ha deya javob berganlar oʻlim bilan jazolangan. Onasi Sulton Salimning feʼlini yaxshi bilganligi tufayli Sulaymon bu imkoniyatdan voz kechib, oʻzini otasining oʻgʻli emas, balki quli ekanini aytgan. U hatto Sulton Salimning vafotidan keyin ham bu mas’uliyatni oʻz zimmasiga olish uning uchun katta iztirob boʻlishini bildirgan[18].

Volida Sulton

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manisadagi Hafsa Sultonning byusti
Hafsa Sultonning buyrugʻi bilan Manisada qurilgan külliye. Uning yonidagi Sulton masjidining bir qismi

1520-yilda Sulaymon taxtga chiqqach, Hafsa Istanbuldagi Eski saroyda istiqomat qila boshladi[15]. Oʻgʻli taxtga oʻtirgach, ehtimol, uning roziligi bilan Hafsa maktublariga „sultonning onasi“ (volida sulton) deb imzo qoʻya boshladi. Bu rasmiy unvon boʻlmasa-da, keng tan olingan. Hafsa ehtimol bu atamani muntazam qoʻllagan birinchi volida sulton boʻlgan va oʻsha yillarda, ayniqsa, sulola bilan bogʻliq boʻlgan ayollar uchun muhim tayanch vazifasini bajargan. Masalan, shahzoda Alamshohning onasi vafotidan keyin uning qizlariga yordam bergan, shuningdek Xayr Beg haramidagi bir ayolga ham koʻmak koʻrsatgan. Sulaymonga yozgan xatlarida esa Hafsa ishbilarmonlik ohangi bilan birga oʻzining mehr-muhabbatini ham namoyon etib, uni „koʻzimning nuri, yuragimning quvonchi“ deb atagan[15].

Sulton Sulaymon hukmronligining dastlabki yillarida Hafsa Sulton uning hayotida hukmron taʼsir koʻrsatgan ayol sifatida namoyon boʻldi. Buning isboti sifatida oʻgʻli unga „Volida Sulton“ unvonini berdi, shu tariqa u shohlar nasabidan boʻlmasa-da, Usmoniylar tarixida bu unvonga sazovor boʻlgan birinchi ayolga aylandi. Uning xatlari rasmiy devon uslubida yozilgan boʻlsa-da, samimiy ohangni ham oʻzida mujassam etgan. U xatlarida oʻgʻlini koʻrishga boʻlgan sogʻinchi va uning yurishlarda xavfsizligidan xavotirda ekanligini bildirib, ona va oʻgʻil oʻrtasidagi chuqur bogʻliqlikni namoyon etgan. Noyob qoʻlyozma maktublaridan birida u saroy xizmatchisi haqida kulgili voqeani soʻzlab bergan va Sulaymonni koʻrish imkoniyatini boy berganidan afsusda ekanligini bildirgan. Maktubni yakunlar ekan, u oʻgʻliga mehrini izhor qilib: „Xazina ham senga sovgʻa boʻlish uchun yetarli emas“ deya taʼkidlagan[15]. Shuningdek, u qizi Beyhanning eri Ferhad poshshoning qatl qilinishini ham oldini olishga urinib koʻrgan[15][18].

Sulaymon onasiga juda chuqur mehr qoʻygan. Bu holat Bragadinning 1526-yilgi hisobotida ham taʼkidlanadi. Unda Hafsa „48 yoshli nihoyatda goʻzal ayol boʻlib, (sulton) unga katta hurmat va muhabbat koʻrsatadi“ deya taʼriflangan. 1526-yilda Mohács jangida Usmoniylar gʻalaba qozonganidan soʻng, Sulaymon onasiga shaxsan maktub yuborib, bu xushxabarni yetkazishga alohida eʼtibor qaratgan. Bu esa ularning oʻzaro yaqin rishtalari va onasiga boʻlgan chuqur hurmatini yanada yaqqol namoyon etadi[18].

Sulaymon taxtga chiqqanidan koʻp oʻtmay, Hafsa Manisada keng qamrovli masjid majmuasi qurilishini boshlab berdi[18][18]. Bu majmua avvalgi xonimlar tomonidan qurilgan inshootlardan ham ulugʻvorroq edi[15]. Qurilish ehtimol Sulaymonning Manisadagi hokimligi davrida boshlangan va 1522–1523-yillarda yakunlangan. Majmua tarkibiga masjid, madrasa, darvishlar uchun xona, boshlangʻich maktab va oshxona kirgan boʻlib, u yerda 117 nafar xodim faoliyat yuritgan. Keyinchalik Sulaymon uni kengaytirib, onasining nomidan shifoxona va hammom ham qurdirgan. „Sultoniya“ deb atalgan bu saltanat masjidi ikki minoraga ega boʻlib, bunday sharaf odatda faqat sultonga berilgan edi. Majmua Salim hamda keyinchalik Sulaymonning yordami bilan olingan mulklar orqali moliyalashtirilgan boʻlib, ularning daromadlari masjid uchun vaqf qilingan[18].

Hafsa 1518-yilda katta miqyosdagi savdo bitimini amalga oshirib, loyihaning moliyaviy poydevorini yaratdi. U Urla bozorida (Izmir yaqinida) 56 ta oddiy doʻkon, tomi yopiq 11 ta doʻkon va 111 ta rastani sotib oldi. Umumiy qiymati 66 690 asper boʻlgan ushbu 116 ta bitim masjid majmuasining moliyaviy taʼminotini taʼminlash uchun asos boʻldi. Qurilishdan tashqari, Hafsa Sulton masjid atrofiga aholining joylashuvini ham faol ravishda qoʻllab-quvvatladi, yer uchastkalarini ijaraga berishni yoki sotuvga qoʻyishni taklif etdi. Bu yerlarda uy qurganlarga sulton tomonidan soliq imtiyozlari berilib ragʻbatlantirildi[18].

Uning Strongilah ismli kirasi (saray ayollari bilan tashqi dunyo oʻrtasida vositachilik qilgan yahudiy ayol) boʻlib, u haram ayollariga yordam koʻrsatgan va Hafsa Sulton bilan mustahkam aloqalar oʻrnatgan[19].

Hafsa Sultonning türbesiga kirish qismi

Hafsa Sulton 1534-yil 19-martda vafot etgan[15][18] va Istanbuldagi Yovuz Salim masjidida eri dafn etilgan hududga qoʻyilgan[15][18]. Uning uchun alohida maqbara qurilishi buyurilgan va qabri tepasida Qur’onni uzluksiz tilovat qilish uchun qorilar yollangan[15]. Dafn marosimi xalqning keng koʻlamli motam namoyishlari bilan oʻtgan[18]. Dafn marosimi tasvirida davlat kansleri va tarixchi Celâlzâde Mustafa Çelebi unga bagʻishlab keng qamrovli madhiyalar bitgan, uni islomning hurmatli ayollariga qiyoslagan. U Hafsa Sultonni Muhammadning birinchi xotini Xadicha, shuningdek, Fotima va Oyshaga oʻxshatib, uning taqvosi, solih fikrlari hamda xayriya ishlari va ezgu amallarda faol ishtirokini alohida taʼkidlagan[18].

Sulton Salim va Hafsa Sultonning oʻgli Sulaymondan oldin yana kamida ikki qizi dunyoga kelgan. Ular:

  • Hatice Sulton (1494-yilgacha tugʻilgan – 1543-yildan keyin) ikki marta turmush qurgan.
  • Beyhan Sulton (1494-yilgacha tugʻilgan – 1559) akasi uni Ferhad poshoga turmushga bergan, kamida ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan[20][21].
  • Sulaymon I (1494-yil 6-noyabr – 1566-yil 6-sentyabr) – Usmoniylar imperiyasining 10-sultoni[22].
  1. Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler (tr). Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-975-329-623-6. 
  2. Halil İnalcık, Cemal Kafadar. Süleymân The Second [i.e. the First] and his time. Isis Press, 1993. „she was a Tatar, a daughter of the Crimean Khan Mengli Giray“ 
  3. André Clot, Matthew Reisz. Suleiman the Magnificent. Saqi, 2005 — 26-bet. „His mother, Hafsa Hatun, is believed to have been the daughter of Mengli Giray, the khan of the Crimean Tartars.“ 
  4. Contemporaries of Erasmus : a biographical register of the Renaissance and Reformation, volumes 1-3, A-Z, Internet Archive, Toronto : University of Toronto Press, 2003 — 298-bet. ISBN 978-0-8020-8577-1. „Suleiman i (Solymannus), known in the West as Suleiman the Magnificent, was the son of *Selim i and Hafsa Sultan, the daughter of Mengli Giray“ 
  5. Gillian Long, Uradyn Erden Bulag, Michael Gervers. History and society in central and inner Asia: papers presented at the Central and Inner Asia Seminar, University of Toronto, 16-17 April 2004. Asian Institute, University of Toronto, 2005. 
  6. Janusz Duzinkiewicz. Derzhavi, Suspilʹstva, Kulʹtury: Skhid i Zakhid : Zbirnik Na Poshanu I︠A︡roslava Pelensʹkogo. Ross Pub., 2004. 
  7. Carolus Bovillus. Lettres et poèmes de Charles de Bovelles: édition critique, introduction et commentaire du ms. 1134'te la Bibliothèque de l'Université de Paris. Champion, 2002. 
  8. Glyn Williams, Brian (2001), The Crimean Tatars: The Diaspora Experience and the Forging of a Nation, BRILL, 56-bet, ISBN 0295801492, „Ottoman princes, such as the future Ottoman Sultans Selim I (who married Mengli Giray Khan's daughter, Hafsa Hatun...“
  9. Alan Fisher „The Life and Family of Suleyman I“, . Süleymân The Second [i.e. the First] and his time İnalcık: . Isis Press, 1993. „That she was a Tatar, a daughter of the Crimean Khan Mengli Giray, was a story apparently begun by Jovius, repeated by other western sources, and taken up by Merriman in his biography of Suleyman“ 
  10. Kasaba, Resat (2011), A Moveable Empire: Ottoman Nomads, Migrants, and Refugees, University of Washington Press, 44-bet, ISBN 978-0295801490, „The last marriage between an Ottoman sultan and a member of a neighboring Muslim royal family was the one between Selim I and Hafsa Sultan, the daughter of the Crimean ruler Mengli Giray Khan.“
  11. Atıl, Esin (1987), The Age of Sultan Süleyman the Magnificent, National Gallery of Art, 27-bet, ISBN 0810918552, „Some historians state that she was the daughter of Mengili Giray Han, the ruler of the Crimean Tatars. Others mention that Ayse, another wife of Selim I, was the Crimean princess and give as Hafsa's father a man named Abdulmumin or Abdulhay, and unknown person - suggesting that she was of slave origin.“
  12. Zaytsev, Ilya (2006), „The Structure of the Giray Dynasty (15th-16th centuries): Matrimonial and Kinship Relations of the Crimean Khans“, Kinship in the Altaic World: Proceedings of the 48th Permanent International Altaistic Conference, Moscow 10-15 July 2005, Otto Harrassowitz Verlag, 341-bet, ISBN 3447054166, „Only two instances concerning the Ottomans are noted. Ayshe (daughter of Mengli-Giray I) was married to şehzade and governor of Kefe Mehmed, and to his brother Selim I later on (917/1511). Sultan Selim's daughter was married to Saadet-Giray.“
  13. Alan Fisher „The Life and Family of Süleymân I“, . Süleymân The Second [i.e. the First] and His Time İnalcık: . Istanbul: Isis Press, 1993 — 9-bet. ISBN 975-428-052-5. 
  14. Türe, D.F.. Women's Memory: The Problem of Sources. Cambridge Scholars Publishing, 2011 — 57-bet. ISBN 978-1-4438-3265-6. 
  15. 15,00 15,01 15,02 15,03 15,04 15,05 15,06 15,07 15,08 15,09 15,10 15,11 15,12 15,13 15,14 15,15 15,16 Şahin 2023.
  16. Bostan, M. Hanefi (2019-05-01). "Yavuz Sultan Selim'in Şehzâdelik Dönemi (1487-1512)" (tr). Türk Kültürü İncelemeleri Dergisi: 1–86. Archived from the original on 2025-01-24. https://web.archive.org/web/20250124140710/https://tkidergisi.com/tki-dergisi/yavuz-sultan-selimin-sehzdelik-donemi-1487-1512. Qaraldi: 2024-02-12. Hafsa Sulton]]
  17. Singer, A.. Constructing Ottoman Beneficence: An Imperial Soup Kitchen in Jerusalem, SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press, 2002 — 90-bet. ISBN 978-0-7914-5351-3. 
  18. 18,00 18,01 18,02 18,03 18,04 18,05 18,06 18,07 18,08 18,09 18,10 18,11 18,12 Peirce 1993.
  19. Rozen, M.. A History of the Jewish Community in Istanbul: The Formative Years, 1453-1566, Ottoman Empire and its Heritage. Brill, 2010 — 204-bet. ISBN 978-90-04-18589-0. 
  20. Turan, Ebru. The marriage of Ibrahim Pasha (c. 1495–1536) – The rise of Sultan Süleyman's favourite to the grand vizierate and the politics of the elites in the early sixteenth-century Ottoman Empire, 2009 — 14, 25-bet. 
  21. Gök, İlhan. II. Bâyezîd Dönemi İn'âmât Defteri ve Ceyb-i Hümayun Masraf Defteri (Thesis), 2014 — 1464, 1465, 1469-bet. 
  22. Usta, Veysel (2019-03-21). "Şehzade Süleyman'ın (Kanuni) Travzon'da Doğduğu Ev Meselesi". Karadeniz İncelemeleri Dergisi (Karadeniz Incelemeleri Dergisi) 13 (26): 397–414. doi:10.18220/kid.562304. ISSN 2146-4642. https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file/710820.