Hafiza Sulton
| Hafiza Sulton | |
|---|---|
| Vafoti |
1538-yil 10-iyun Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi (hozirgi Istanbul, Turkiya) |
| Dafn etilgan joy |
Yovuz Salim masjidi, Istanbul |
| Turmush oʻrtogʻi |
bosniyalik Mustafo posho (turm. 1522) |
| Farzandlari |
Ikkinchi nikoh Sultonzoda Qora Usmonshoh posho |
| Sulola | Usmoniylar |
| Otasi | Salim I |
| Onasi | Hafsa Sulton |
| Dini | Islom, sunniylik |
Hafiza Hafsa Sulton[1] (usmonli turkcha: حفصة سلطان; 1494-yildan oldin – 1538-yil 10-iyul) – Usmoniylar malikasi, Salim I va Hafsa Sultonning qizi, sulton Sulaymon I ning opasi[2].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hafiza Sultonning nomi manbalarda Hafsa, Hafife, Hafisa yoki Hafiza deb ham ataladi. U 1494-yildan oldin Qora dengiz boʻyidagi Trabzon shahrida tugʻilgan. Otasi Salim (sulton Boyazid II ning oʻgʻli) oʻsha paytda hali shahzoda va viloyat hokimi boʻlgan. Onasi Salimning sevimli joriyasi Hafsa Xotun edi[3].
1512-yilda Hafizaning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoniga aylandi, Hafiza esa 1511-yilda turmushga chiqqan edi. Eri imperiyaning Bosh vaziri boʻlgach, u bilan birga Konstantinopolga koʻchib oʻtgan.
Nikohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hafiza Sulton ikki marta turmush qurgan[4].
Birinchi bor 1511-yilda Dukaginzade Ahmed poshoga turmushga chiqqan. Eri keyinchalik Usmoniylar imperiyasining Bosh vaziri boʻlgan, biroq 1515-yilda qatl etilgan. Hafiza uning uchinchi xotini edi, Ahmad posho esa sulolaviy nikohlarga begona emasdi. U bundan avval Hafizaning amakivachchasi Gavharshoh Xonimsultonga uylangan, shuningdek, uning birinchi va ikkinchi nikohidan boʻlgan oʻgʻillari ham sulola aʼzolari bilan turmush qurgan.
Hafiza Sulton ikkinchi bor 1522-yilda bosniyalik Mustafo poshoga turmushga chiqqan. Bu nikohdan uning yagona farzandi, oʻgʻli Sultonzoda Qora Usmonshoh posho tugʻilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hafiza Sulton 1538-yil 10-iyulda Konstantinopolda vafot etgan. Oʻlimidan keyin Yovuz Salim masjididagi Shahzodalar maqbarasiga dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Called also Hafise, Hafiza or Hafisa.
- ↑ Peirce, Leslie P., The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, Oxford University Press, 1993, ISBN 0-19-508677-5.
- ↑ According to Leslie Peirce, the rules at the time dictated that concubines mothers of a male child no longer share the sultanʼs bed. So, all of Hafsaʼs daughters must therefore have been born before 1494, the year of Suleimanʼs birth.
- ↑ Turan, Ebru: The Marriage of Ibrahim Pasha; pp 24: „Dukaginzade Ahmed Pasha, who was married to one of Bayezid’s granddaughters, was executed by Selim in 1515; see TANSEL, Yavuz Sultan Selim, 73“
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Peirce, Leslie P., The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, Oxford University Press, 1993, ISBN 0-19-508677-5.
- Uluçay, M. Çağatay (1992). Padişahların kadınları ve kızları. Ötüken.
- Yılmaz Öztuna – Yavuz Sultan Selim
- Necdet Sakaoğlu – Bu Mülkün Kadın Sultanları