Kontent qismiga oʻtish

Hadiya Davletshina

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hadiya Davletshina

Boshqirdiston davlat universitetining Birsk filiali hududida o‘rnatilgan Hadiya Davletshina yodgorligi
Tavalludi
Hadiya Lutfulovna Ilyasova

5-mart 1905-yil
hozirgi Xasanovo qishlogʻi, Bolshechernigovsky tumani, Samara viloyati
Vafoti 12-may 1954-yil(1954-05-12)
(49 yoshda)
Birsk, Boshqird ASSR, USSR
Ijod qilgan tillari Boshqird tili
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi, USSR
Alma mater Boshqirdiston davlat universiteti (1934–1937)
Mukofotlari Salavat Yulayev mukofoti,1967

Hadiya Davletshina (boshqirdcha: Дәүләтшина Һәҙиә Лотфулла ҡыҙы; 1905-yil 5-martda tugʻilgan – 1954-yil 5-dekabrda vafot etgan) – boshqird shoiri, yozuvchi va dramaturg[1][2].

Hadiya Davletshina 1905-yil 5-martda Samara viloyatining Pugachev tumanidagi Xasanovo qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Otasi Lutfulla Ilyosov, onasi Gulyaohar. Bobosi qishloq mullasi edi.

Davletshina 1920-yilda Samara viloyati Dengizboyevo qishlogʻida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritgan.

Hadiya Ilyasova dastlab qishloq madrasasida boshlangʻich taʼlimini olgan, soʻngra sovet maktabida oʻqishni davom ettirgan. 1919-yilda otasi vafot etgach, oilaga gʻamxoʻrlik qilishni oʻz zimmasiga olishga majbur boʻlgan. Hadiya kar onasi va uch nafar uka-singillarini boqish uchun ishlashiga toʻgʻri kelgan.

Rossiyadagi Fuqarolar urushi (1918–1920) davrida Hadiya tumandagi ilk Komsomol (yoshlar tashkiloti) aʼzolaridan biri boʻlgan. 15 yoshidan boshlab qoʻshni Dengizboyev qishlogʻida oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlagan. Sovet hokimiyatiga qarshi boʻlgan kuchlar tomonidan uyushtirilgan taʼqiblardan bir necha bor qutulib qolgan. 1920-yilda Samaradagi Tatar-Boshqird pedagogika kollejining talabasi boʻlgan.

1920-yil Samaradagi tatar-boshqird pedagogika kollejida, 1932-yil Moskva muharrirlar tayyorlash institutida, 1935–1937-yillarda Boshqird pedagogika institutida tahsil olgan.

Birskdagi Hadiya Davletshina muzeyi

1933-yil Hadiya Davletshina turmush oʻrtogʻi, yozuvchi va keyinchalik Boshqird ASSR maorif komissari boʻlgan Davletshin bilan birga Boshqirdiston ASSRning Baymak tumani gazetasi adabiy boʻlimida faoliyat yuritgan.

1937–1942-yillarda quvgʻinga uchragan turmush oʻrtogʻi, Boshqirdiston ASSR xalq maorifi komissari Gubay Davletshinning rafiqasi sifatida hibsga olingan. 1942-yilda sogʻligʻi yomonlashgani sababli qamoqdan ozod etilgan va vafotiga qadar surgunda Birsk shahrida yashagan. 1954-yilda Birskda sil kasalligidan vafot etgan.

  1. „Давлетшина Х. Л.“. 2013-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-may.
  2. „Hadiya Davletshina, in russian“.