Kontent qismiga oʻtish

Hadim Sinon posho

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hadim
Sinan Borovinić
Posho
Usmoniylar imperiyasining 25-bosh vaziri
Mansab davri
1516-yil 26-aprel – 1517-yil 22-yanvar
Hukmdor Salim I
Oʻtmishdoshi Xarsakli Ahmad posho
Vorisi Yunus posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Borovinići, Foča
Vafoti 1517-yil 22-yanvar
Ridaniya, Misr
Turmush oʻrtogʻi Gevherhan xotun (ajrashgan)
Janglari Usmoniy — Mamluk urushi: Chaldiron jangi, Marj Dabiq jangi, Yaunis Xon jangi va Rudaniya jangida

Hadim Sinan posho (turkcha: Hadım Sinan Paşa; 1517-yil 22-yanvarda vafot etgan) – siyosatchi va davlat arbobi. 1516-yildan 1517-yilgacha Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan. Shuningdek, hadim (haram ogʻasi) boʻlgan[1].

Sinan posho 1496-yil dekabr oyidan boshlab Bosniya sanjakbeyi boʻlgan[2]. 1504-yildan 1506-yilgacha esa Gersegovina sanjakbeyi boʻlib xizmat qilgan[3]. 1507–1508-yillarda posho 1473-yilda Gersegovinaning birinchi sanjakbeyi boʻlgan avvalgi Sinan posho tomonidan qurilgan Mostar masjidini kengaytirgan[4]. Keyinchalik 1506-yildan 1513-yilgacha Smederevo sanjakbeyi lavozimida xizmat qilgan[5].

Beklarbegi va bosh vazir

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1514-yilda Sinan posho Onadoʻli beklarbegi lavozimiga tayinlangan. Safaviylar davlatiga qarshi Chaldiron jangida u qoʻshinning oʻng qanotiga boshchilik qilgan. Jangdan soʻng posho Rumelia beklarbegi etib tayinlandi, bu esa uning avvalgi lavozimidan ham nufuzliroq edi[6]. Keyingi vazifasi hozirgi Janubiy Turkiya hududida joylashgan, Mamluklar davlati vassali boʻlgan Dulkadiriylar beyligini zabt etish edi. U Turnadagʻ jangida Dulkadir hukmdori Bozkurtni tor-mor keltirdi. Beylik fath etilgach, Sulton Salim I uni 1516-yil 25-aprelda bosh vazir etib tayinladi. Sinan posho Sulton Salimning eng sevimli bosh vaziri boʻlgan. U Mamluklar sultonligiga qarashli Suriya va Misrni zabt etish yurishlarida faol qatnashgan. Sinan posho mustaqil Baban kurd amirligini ham magʻlub etib, ularni Usmoniylarning vassaliga aylantirgan. 1516-yil 28-oktyabrda posho Falastinning Gʻazza shahri yaqinidagi Xan Yunis jangida Mamluklarning qoʻshinini tor-mor keltirgan. Keyingi yili 1517-yil 22-yanvarda u Misrdagi Ridaniya jangida qatnashdi. Usmoniylar harbiy anʼanasiga koʻra, sulton deyarli har doim markaziy shtabda boʻlardi, ammo Ridaniya jangi bundan mustasno boʻldi, chunki Salim I mamluklarni shaxsan oʻzi oʻrab olishga qaror qildi va markaziy shtabni boshqarishni Sinanga topshirdi. Reja muvaffaqiyatli amalga oshirib, mamluklar tor-mor qilindi. Biroq jang yakunlanmasidan oldin mamluk otliqlari (ular orasida Misr sultoni Tuman Bay II ham bor edi) Usmoniylar shtabiga hujum qilib, Sinan poshoni sulton deb oʻylab, uni oʻldirdi. Jangdan soʻng Sulton Salim qaygʻusini ifoda etib shunday degan ekan: „Biz jangni yutdik, ammo Sinandan ayrildik“.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi manbalarga koʻra, Sinon posho Sulton Boyazid II ning tugʻishgan singlisiga uylangan. Taxminlarga koʻra, u Boyazidning maʼlum boʻlgan yagona tugʻishgan singlisi Gevherxon xotun boʻlishi mumkin. Biroq ayrim tarixchilar bu fikrga eʼtiroz bildirgan, yaʼni Sinon Boyazidning boshqa oʻgay singillaridan biriga uylangan boʻlishi mumkinligini yoki u Boyazidning shaxsi nomaʼlum boʻlgan ikkinchi tugʻishgan singlisi boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan[7].

  1. Peirce, Leslie P.. The Imperial Harem Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford University Press, 1993 — 304-bet. ISBN 9780195086775. 
  2. Naučno društvo Bosne i Hercegovine: Odjeljenje istorisko-filoloških nauka, 1960. 
  3. Gazi Husrevbegova biblioteka u Sarajevu. Anali Gazi Husrev-begove biblioteke. Gazi Husrev-begova biblioteka, 1983 — 34-bet. 
  4. Hivzija Hasandedić. Spomenici kulture turskog doba u Mostaru. Veselin Masleša, 1980. 
  5. Evliya Çelebi. Putopisi: odlomci o jugoslovenskim zemljama. Sarajevo-Publishing, 1996 — 516-bet. 
  6. Ayhan Buz: Osmanlı Sadrazamları, Neden Kitap, İstanbul, 2009 ISBN 978-975-254-278-5 p 33
  7. Lowry, Heath W.. The Nature of the Early Ottoman State (en). SUNY Press, 1 February 2012 — 126-bet. ISBN 978-0-7914-8726-6. 
Siyosiy idoralar
Oʻtmishdoshi:
Xarsakli Ahmad posho
Usmoniylar imperiyasi bosh vaziri
1516-yil 26-aprel – 1517-yil 22-yanvar
Vorisi:
Yunus posho