Hadicha Qurbonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Hadicha Qurbonova
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 16-dekabr 1988-yil(1988-12-16)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Janr Estrada
Amplua Qoʻshiqchi va Aktrisa
Sayt https://www.instagram.com/hadicha_singer/?hl=en

Hadicha Qurbonova (1988-yil, 16-dekabr, Toshkent viloyati, Qibray tumani) — [Oʻzbeklar[Oʻzbek]] kino aktrisasi va estrada xonandasi.[1] Hadicha oʻzbek va tojik tillarida qoʻshiq kuylaydi. Hadicha bir nechta oʻzbek filmlari va seriallarida rol oʻynagan. Xadicha Qurbonova muxlislar orasida o‘zining „Bevafo“, „Bilmadim jonim“, „Alvido“, „Kelma“ kabi 40 ga yaqin qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan. Xonanda 2017-yilda Xalqlar do‘stligi sanʼat saroyida „Bir go‘zal“ deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hadicha Qurbonova 1988-yilning 16-dekabrida Toshkent viloyatining Qibray tumanida tugʻilgan. Bolalik yillari Chirchiq shaxrida oʻtgan, maktabni ham aynan shu yerda tamomlagan. Maktabdan soʻng xonanda sanʼat kollejiga, soʻngra Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va Madanyat institutiga, undan keyin esa Oʻzbekiston Jahon Tillari Universitetining xalqaro jurnalistika fakultitetiga oʻqishga kirgan. Dastlabki ijodini kinofilmlar va seriallarda roʻl ijro etish bilan boshlagan va keyinchalik honandalik sohasiga qoʻl urgan. Qoʻshiqlariga kuyni asosan Shoxjahon Ergashev bastalaydi. [2].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hadicha Qurbonova oilada ikki oʻgʻildan keyingi kenja yagona qiz farzand. Uch nafar farzand Mehrin, Imran, Islomjonlarning onasi. Turmush oʻrtogʻi 2020-yil 26-iyul kuni COVID-19 karonavirus infeksiyasidan vafot etgan.[3]

Albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda Hadicha Qurbonova 3 ta albomga ega.

  • „Bilmadim jonim“ (2018-yil)
  • „Dona gulingman“ (2020-yil)
  • „Oh yurak“ (2016-yil)

Kliplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiqlar
„Alam“
„Aladama“
„Anor“
„Alvido“
„Aytsam“
„Ayyora“
„Aziz diyorim“
„Begim“
„Bevafo“
„Bilmadim jonim“
„Bir goʻzal“
„Devona yuragim“
„Dilizoram“
„Gʻanimat“
„Gul edim“
„Jonim jonimsan“
„Kelma“
„Kungaboqar“
„Manide“
„Mastona“
„Mayda-mayda“
„Oʻrgatding“
„Oh yurak“
„Ona“
„Onajon“
„Ota“
„Bolam yigʻlama“
„Qaniydi“
„Ona qizim“
„Sen yoʻqsan“

Konsertlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Xalqlar do‘stligi sanʼat saroyida „Bir go‘zal“ deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etgan.[4] 2021-yilda Navo telekanalida oʻzining kansert dasturini namoyish etgan.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]