Kontent qismiga oʻtish

Hacıveyiszade masjidi

Masjid
Hacıveyiszade masjidi
turkcha: Hacıveyiszade Camii
Hacıveyiszade masjidi va majmuasi
Mamlakat Turkiya
JoylashuviSelçuklu tumani, Konya
Koordinatalar37°52′N 32°29′E / 37.87°N 32.48°E / 37.87; 32.48
Meʼmoriy uslubIslom va Usmoniylar meʼmorchiligi
MeʼmorMustafa Özkarakaya
Binokorlik1986-yil1996-yil
Soʻngi imomİsmail Öden
Oʻlchami4 500 nafar
Minoralar soni2
Minoralar soni2
Minoralar balandligi78 m (256 ft)
Holatiamaldagi
Sayt[konya.diyanet.gov.tr Rasmiy sayt]

Hacıveyiszade masjidi (turkcha: Hacıveyiszade Camii) – Turkiyaning Anadolu mintaqasidagi Konya shahri markazida joylashgan masjid. Konya shahridagi mashhur diniy olimlaridan biri boʻlgan Hacıveyiszade Mustafo Kurucu Hoja afandi xotirasiga barpo etilgan.

Masjid qurilishi 1986-yilda Turkiya diniy jamgʻarmasi (Turkiya Diyanet Vakfi) tomonidan boshlangan. Usmoniylar meʼmorchiligining klassik uslubiga oʻxshash qilib qurilgan. Masjidda har birida uchtadan balkonga ega ikkita minora mavjud, balandligi 78 metr boʻlib, mintaqadagi eng baland minoralar hisoblanadi. Masjid ostida doʻkonlar, dam olish xonalari va muftiylar uchun ajratilgan xona mavjud. Shu sababli bu joy majmua (külliye) hisoblanadi[1]. Masjid 4500 kishiga, majmua esa 10000 kishiga moʻljallangan[2].

Hacıveyiszade masjidi va majmuasi 1996-yilda qurib bitkazilgan hamda foydalanishga topshirilgan[3].

  1. „Konya Hacıveyiszade Camii“ (tr). 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-may.
  2. „Architectural Analysis of Hacıveyiszade Mosque“ (tr). Qaraldi: 2021-yil 26-may.
  3. „Konya Hacıveyiszade Camii“ (tr). Türkiye Diyanet Vakfı. Qaraldi: 2021-yil 26-may.