Habibullo Matyoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Habibullo Matyoqubov (1926.18.9, Urganch tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1957). 1957 yildan Yangibozor tumanidagi maktablarda tarix oʻqituvchisi, direktor. 1969 yildan Yangibozor tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi maktabda, 1994 yildan 10litsey-internatda direktor. Oʻz ish faoliyati davomida tarix fani darsini koʻrgazmali qurollar va texnik vositalar asosida oʻtkazishning turli mezonlarini ishlab chiqdi. 1983 yil viloyatda birinchi boʻlib 10 nuqtada yopiqtelestudiyani ishga tushirdi. Maktabda oʻquvchilar bilimini reyting usulida baholashni joriy qildi, oʻqituvchilarning ish faoliyatini baholashning diagnostik taxlilini ishlab chikdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil