Habibiy (adabiyotshunos)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Habibiy (taxallusi; asl nomi Abdulxoliq Oxunzoda oʻgʻli) (1910, Qandahor shahri — 1984, Kobul) — afgʻon adabiyotshunosi. Afgʻon-pushtu tili va adabiyotining yirik tadqiqotchisi. Kobul untida professor H. pushtu tili va adabiyotining qad. davrlaridan to 20-asr oxirlarigacha boʻlgan taraqqiyot bosqichlari, qad. afgʻon yozma yodgorliklari. umuman pushtunlarning madaniyati, folklori, tarixiy taraqqiyoti, mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, undagi badiiy-uslubiy yoʻnalishlar, shuningdek, Afgʻonistonning tarixiga oid pushtu, dari, urdu va arab tillarida yozilgan kitob. risola va muammoli masalalarga bagʻishlangan maqolalar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi. 40-yillarda afgʻonshunoslikda ilk bor 2 j.li pushtu adabiyoti tarixining 1-jildini yozgan va uni nashrga tay-yorlagan. Keyinchalik H. 3 jildli "Afgʻoniston adabiyoti tarixi", 2 jildli "Afgʻoniston tarixi" (dari tilida) kitobini yaratgan. Pushtunlarning qad. adabiy-tarixiy yozma yodgorligi — "Yashirin xazina" kito-bini topib, ilmiy sharh va tadqiqiy materiallar bilan dari tilida nashr qildirgan. H.ning tarixiy va vatanparvarlik mavzuidagi sheʼr, hikoya, qissa va dramatik asarlari ham bor ("Fidokorlik", "Toʻrpekey" va boshqalar).