Habib saʼdulla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Habib saʼdulla (taxallusi; asl nomi Saʼdullayev Habibulla) (1942.5.4, Namangan) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992). Toshkent untining jurnalistika fakultetini tugatgan (1971). "Mushtum" jur. da musahhih (1966—67), maktab oʻquv-chilari gaz.da adabiy xodim (1967—68), "Namangan haqiqati" gaz. da boʻlim mudiri, muharrir oʻrinbosari (1968— 73), Namangan viloyat Yozuvchilar uyushmasida rais (1973—90), viloyat Madaniyat ishlari boshqarmasida boshliq (1990—98). Dastlabki sheʼrlar toʻplami — "Okeandan shabada" (Usmon temur bilan hamkorlikda, 1969). Shundan soʻng H.S.ning "Bahor bilan suhbat" (1975), "Muloqot" (1979), "Yana ostonangda" (1982), "Ehtirom" (1984), "Bogʻlar yurtin bolasimiz" (1988), "Tazarru", "Koʻchamdan jonon oʻtganda" (1992), "Kosonsoy karvonlari" (1993), "Uchqoʻrgʻonning uch xirmoni" (1996), "Ramazon munojoti" (1997), "Nur qadri" (1998) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. H.S. sheʼrlarida oʻzi mansub boʻlgan avlodning oʻzgarib borayetgan voqelikdan olgan taassurotlari va shu voqelikka munosabati oʻz ifodasini topgan. Shoirning urush mavzusiga bagʻishlangan "Tugʻilgan yilim", "Onaizor" va "Tirik qurbonlar" dostonlari avtobiografik xususiyatga ega. Bundan tashqari, H. S. "Usmon atlas", "Zamin sadosi", "Yettinchi qita", "Eʼtiqod", "Chust rivoyati", "Adib taqdiri", "Jarohat" singari dostonlarni ham yozgan. H.S.ning "Yusuf va Zulayho" (1975), "Mehr quyoshi" (1985) dramalari va "Rahmat, igʻvogar" (1989) komediyasi viloyat teatrida sahnalashtirilgan. "El-yurt xurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).

Manbalar[tahrir]

  • Tanlangan asarlar, 2 j.li, T., 2002. Ad.: Xudoyberdiyev E., Habib Saʼdulla, T., 2004.