Kontent qismiga oʻtish

Habib ibn Maslama al-Fihriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Habib ibn Maslama al-Fihriy
Tavalludi 617
Vafoti 662 (yoshi 44–45)
Fuqaroligi
Unvoni General
Jang/urush Musulmonlarning dastlabki istilolari
Aloqa Maslama al-Fihriy (otasi)

Habib ibn Maslama al-Fihriy (arabcha: حبيب بن مسلمة الفهري‎; tax. 617-yilda tugʻilgan – tax. 662-yilda vafot etgan) – dastlabki musulmon fathlari davrida yashagan arab lashkarboshisi. Muoviya ibn Abu Sufyon boshqaruvi ostida xizmat qilgan. Shom (Levant)ning musulmonlar tomonidan zabt etilishi va Yuqori Mesopotamiyada vizantiyaliklarga qarshi janglarda ishtirok etgan, keyinchalik oʻsha yerda noib etib tayinlangan. Shuningdek, Vizantiya nazorati ostidagi Armaniston hududiga qilingan yurishda qatnashgan va bosib olingan Armaniston hududlariga hokim etib tayinlangan. Keyinchalik Armanistondan chaqirib olinib, Shimoliy Suriyada vizantiyaliklarga qarshi janglarda ishtirok etgan. Birinchi fitna davrida Muoviyaga sodiq qolgan va Siffin jangida alohida jasorat koʻrsatgan. Muoviya xalifa etib tayinlanganidan keyin Armaniston va Eron Ozarbayjoniga noib etib tayinlangan.

Habib ibn Maslama taxminan 617-yilda Makkada tugʻilgan. Quraysh qabilasining (paygʻambar Muhammad mansub boʻlgan qabila) Muharib ibn Fihr urugʻidan boʻlgan[1]. Vizantiya imperiyasiga qarshi olib borilgan Shom (Levant) va Yuqori Mesopotamiya yurishlarida alohida jasorat koʻrsatgan[1]. Habib Yarmuk jangida otliq qoʻshinga boshchilik ilgan. Xalifa Umar tomonidan (h. 634–644) dastlab Himsga, keyinroq Yuqori Mesopotamiyaga noib etib tayinlangan[2].

  1. 1,0 1,1 Fück 1971.
  2. Lecker 2016.