Héctor Altamirano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Héctor Altamirano
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Héctor Altamirano Escudero
Tavallud sanasi 17-mart 1977-yil (1977-03-17) (47 yosh)
Tavallud joyi Matías Romero, Oaxaca, Meksika
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Himoyaachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
UAT (Murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—1998 Cruz Azul 6 (1)
1998—2005 Santos Laguna 237 (37)
2005—2006 San Luis Potosí 29 (2)
2006—2007 Morelia 20 (1)
2007—2008 Tecos 15 (1)
2008—2009 Correcaminos 27 (5)
2009 Veracruz 10 (1)
2010—2011 Querétaro 40 (5)
2012 Cruz Azul Hidalgo 10 (2)
Milliy terma jamoa
1999—2005 Meksika 18 (4)
Boshqargan klublari
2014—2016 Querétaro U-17
2016—2017 Querétaro Premier
2017—2018 Querétaro (assistant)
2018 Cimarrones de Sonora
2019 Costa Rica (Yordamchi)
2019—2020 Celaya
2020—2021 Querétaro
2022 UAT
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Héctor Altamirano Escudero (talaffuzi: Ektor Altamirano) (1977-yil 17-martda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi va Liga MX „Keretaro“ klubining sobiq bosh murabbiyi[1]. U „El Pity“ laqabli bilan ham mashhur odatda oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan[2]. Xalqaro maydonda Meksika terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Altamirano Primyeradagi debyutini 1997-yil qishki mavsumda Kruz Azul jamoasi bilan yoshlar safidan chiqqanidan keyin oʻtkazgan. Biroq, atigi oltita oʻyin bilan koʻngli toʻlmay yakunlangan mavsumdan soʻng, u Santos Laguna jamoasiga oʻtgan. „Santos“ga kelganidan beri Altamirano jamoaning oʻng qanotda harakat qiladigan doimiy oʻyinchiga aylangan va klubdagi 6 yil davomida Altamirano 212 oʻyinda maydonga tushib, 36 gol muallifiga aylangan. „Santos Laguna“ jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli oʻtkazgan oʻyinlaridan soʻng, meksikalik futbolchi 2005-yilning yozida transfer oynasida premyeraga yangi koʻtarilgan San-Luis jamoasiga yoki Meksikada mashhur boʻlgan „Draft“ jamoasiga sotilishi eʼlon qilingan. Altamirano San-Luisda klubga liga finaliga chiqishga yordam bergan muvaffaqiyatli yildan soʻng, 2006-yilning yozida Altamirano CA Monarcas Morelia jamoasiga qoʻshilgan.

Altamirano Apertura 2008\2009-yilgi mavsumida Korrekaminos jamoasiga qoʻshilgan.

Oxirgi vaqtlarda u professional futboldan tashqari yangi biznes korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻymoqda. U 2016-yilning 6-aprelida Reforma nashriga bergan intervyusida oʻzi futbolchi sifatida mashhurlikka erishgan San-Luis shahrida oʻrta kattalikdagi baliq akvariumini ochayotganini eʼlon qilgan. Uning akvariumida asosan dengiz baliqlari va sutemizuvchilar, shu jumladan oq akulalar va orkalar ham yashaydi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 27.06.2004 Estadio Victoria, Aguascalientes Siti, Meksika  Dominika 8 — 0 8-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 13.07.2004 Estadio Migel Grau, Piura, Peru  Ekvador 1 — 0 2-1 2004-yil Amerika kubogi
3. 13.112004 Miami Orange Bowl, Mayami, Amerika Qoʻshma Shtatlari  Saint Kitts va Nevis 1 — 0 5-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 17.11.2004 Estadio Tecnologico, Monterrey, Meksika  Saint Kitts va Nevis 1 — 0 8-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]