Gyula (Vengriya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gyula, Vengriyadan yoʻnaltirildi)
Gyula
Shaharcha
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
46°39′0″N 21°16′58″E / 46.65000°N 21.28278°E / 46.65000; 21.28278 G OKoordinatalari: 46°39′0″N 21°16′58″E / 46.65000°N 21.28278°E / 46.65000; 21.28278 G O
Mamlakat [[Vengriya bayrogʻi Vengriya]]
[[Mamlakat]] [[Békés]]
[[Tuman]] [[Gyula]]
Maydon 255.8 km2 (98.8 mi²)
Aholisi
 (2017)
30 004[1]
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi (+36) 66
Pochta indeks(lar)i 5700, 5711
[[File:|290px|Gyula xaritada]]
Gyula tilidagi uch tildagi (vengriya, rumin, nemis) jadval "ijtimoiy tibbiy sug'urta" degan ma'noni anglatadi
Vengriya madhiyasining bastakori Ferens Erkelning tug'ilgan uyi

GyulaVengriyaning Békés okrugida joylashgan shaharcha. Shahar o'zining O'rta asr qal'asi va termal hammomi bilan mashhur. Vengriya madhiyasi bastakori Ferens Erkel va Albrext Dyurerning otasi Albrext Dyurer ham Gyula shahrida tavallud topgan[2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gyula Buyuk Vengriya tekisligida Fexér-Körös daryosida joylashgan, Budapeshtdan 235 km (146 milya), janubi-sharqda 5 km (3 milya) uzoqlikdagi Ruminiya davlati bilan chegaradosh. Békéscsaba-Gyula-Kötegyan temir yo'l liniyasi va 44-magistral ham shaharni kesib o'tadi. 44-magistral Gyula va Békéscsaba okrugi o'rtasidagi to'rt qatorli tezkor yo'l bo'lib shaharlarni bir-biriga bo'g'lovchi muhim yo'l hisoblanadi[3].

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gyula o'rta asrlardagi vengriya sarkardasi Gyula III sharafiga nomlangan[4]. Gyula, venger qabilalari orasida unvon bo'lgan va hozirga kelib o'g'il bolalar uchun mashhur ism hisoblanadi.

Turk tilida bu shahar Göle nomi bilan ham tanilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gyula haqidagi birinchi marotaba 1313-yildagi hujjatlarda Gyulamonostora (lotincha Julamonustra) deb nomlangan monastir haqida ta'kidlab o'tilgan. 1332-yilga kelib monastir atrofidagi aholi punkti Gyula deb ataldi. Gyula qal'asining qurilishi XIV asrda boshlangan, ammo faqat XVI asr o'rtalarida tugagan[5]. Bu Maroti oilasining mulki va keyinchalik Mattias Korvinusning noqonuniy o'g'li Jon Korvinus edi. Turklar 1566-yilda Gyulani bosib oldilar va shahar 1694-yilda nasroniy qoʻshinlari tomonidan ozod qilinmaguncha Usmonlilar imperiyasining bir qismi boʻlib qoldi. Urushlar tufayli mahalliy venger aholisining ko'p qismi Gyuladan qochib ketdi va Bekes okrugi deyarli yashamaydigan bo'lib qoldi[6]. Yer egasi Yanos Xarrukern XVIII-asr boshlarida shaharni qayta tiklagan nemislarni, vengriya va ruminiyalik ko'chmanchilarni taklif qildi. 1881-yilda shaharda 18046 nafar aholi istiqomat qilgan, ulardan 12103 nafari vengerlar, 2608 nafari ruminlar, 2124 nafari nemislar, 400 nafari slovaklar va 811 nafari boshqa millat vakillari edi[7]. Gyula XX asrda mashhur sayyohlik maskaniga aylandi. Termal hammom 1942-yilda tashkil etilgan va 1959-yilda kengaytirilgan va 1962-yilda qayta tiklanadi<ref>.

Qardosh shaharlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gyula, KSH
  2. Antal Papp: Magyarország (Hungary), Panoráma, Budapest, 1982, ISBN 963 243 241 X, p. 860, pp. 453-456
  3. Magyarország autóatlasz, Dimap-Szarvas, Budapest, 2004, ISBN 963-03-7576-1
  4. Antal Papp: Magyarország (Hungary), Panoráma, Budapest, 1982, ISBN 963 243 241 XISBN 963 243 241 X, p. 860, pp. 453-456
  5. Antal Papp: Magyarország (Hungary), Panoráma, Budapest, 1982, ISBN 963 243 241 XISBN 963 243 241 X, p. 860, pp. 453-456
  6. Károly Kocsis (DSc, University of Miskolc) – Zsolt Bottlik (PhD, Budapest University) – Patrik Tátrai: Etnikai térfolyamatok a Kárpát-medence határon túli régióiban, Magyar Tudományos Akadémia (Hungarian Academy of Sciences) – Földrajtudományi Kutatóintézet (Academy of Geographical Studies); Budapest; 2006.; ISBN 963-9545-10-4, CD Atlas
  7. „Hungarian 1881 census“ (hu). Qaraldi: 2022-yil 21-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]