Mixail Gvozdikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gvozdikov Mixail Andrianovichdan yoʻnaltirildi)

Mixail Andrianovich Gvozdikov (1880, hozirgi Ukrainaning Poltava viloyati — 1954, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistan xalq rassomi (1945). Moskvadagi Stroganov rassomlik maktabida oʻqigan (1896—1901). 1934-yildan Toshkentda; Navoiy teatrida ishlagan. Birinchi oʻzbek operasi "Boʻron" (M. Ashrafiy, S. Vasilenko, 1939) spektakliga ishlagan dekoratsiyalari muvaffaqiyat qozongan. G. yaratgan sahna bezak lari asar mazmuniga mos manzaralar topa olganligi, yaxlit va uygʻun koloriti, tiniqranglari bilan diqqatga sazovor ("Knyaz Igor", "Boris Godunov", "Faust", "Laqma", "Mis chavandoz" va b.). G. oʻzbek teatr rassomlari Sh. Shorahimov, M. Musayevga ustozlik qilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil