Gvineya-Bisau bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gvineya-Bisau bayrogʻi
Mamlakat Gvineya-Bisau
Mutanosibligi 1:2
Qabul qilindi 1973-yil 24-avgust
Amilkar Kabral portreti va Gvineya-Bisau bayrogʻi tushirilgan Sharqiy Germaniya markasi

Gvineya-Bisau davlat bayrogʻi — Gvineya-Bisau rasmiy davlat ramzidir. 1973-yilda Portugaliyadan mustaqillik eʼlon qilinganida qabul qilingan.[1]

Dizayn[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanjaduda, 1974: Portugaliya bayrogʻi tushirilgandan keyin Gvineya-Bisau bayrogʻini koʻtarish.

Kabo-Verdening sobiq bayrogʻi singari, bayroq Gvineya va Kabo-Verde mustaqilligi uchun Afrika partiyasi (PAIGC) bayrogʻiga asoslangan. Partiya 1956-yilda Estado Novo rejimi davrida Portugaliyadan mustaqillik uchun tinch kampaniyani olib borish uchun tashkil etilgan, ammo lekin 1960-yillarda bu qurolli mojaroga aylangan va 1963—1974-yillardagi Gvineya-Bisau Mustaqillik urushi tomonida urushayotganlardan biri edi. PAIGC partiyasi Gvineya-Bisauda hamon hukmron partiya hisoblanib keladi. PAIGC partiyasi bayrogʻi 1957-yilda qizil, sariq, yashil va qora Pan-Afrika kombinatsiyasidan foydalanib birinchi dizaynini yaratgan Gana bayrogʻidan olingan. Gvineya-Bisau davlat bayrogʻi balandligi va uzunligi 1:2 nisbatiga ega.[2]

Gana nuqtai nazarida qora yulduz Afrikaning birligini anglatadi. Qizil rang mustaqillik uchun toʻkilgan qonning ramzi, sariq rang quyoshning ramzi, yashil esa umid ramzini anglatadi. 

Bayroqda oltin (sariq), yashil, qizil rangdagi anʼanaviy Pan-Afrika ranglari, shuningdek, Afrikaning qora yulduzi ham mavjud. Bayroqning dizayniga Gana bayrogʻi katta taʼsir koʻrsatgan. Bunda ranglar bir xil maʼnoga ega: xususan, qizil — shahidlar qoni, yashil — oʻrmonlar, oltin rang — mineral boylik. 

Ranglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

(1973- yildan hozirgi kungacha) Qora Qizil Sariq Yashil
Pantone Qora c 032c 109c 355c
CMYK 0-0-0-1 0-0,92-0,82-0,19 0-0,17-0,91-0,01 1-0-0.54-0.38
RGB 0-0-0 206-17-38 252-209-22 0-158-73
Hexademicial #000000 #CE1126 #FCD116 #009E49

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Gvineya-Bisau bayrogʻi boshqa koʻplab Afrika mamlakatlari kabi qizil, sariq va yashil Pan-Afrika ranglarini ishlatadi. • Gvineya-Bisau gerbi bayroq bilan bir xil ranglarga ega va Afrika birligining qora yulduzi ham tasvirlangan. • Gvineya-Bisau qirgʻogʻi uning gerbida qobiq bilan, materik savannasi va oʻrmonlari esa bayrogʻida tasvirlangan.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.crwflags.com/fotw/flags/gw.html Gvineya-bisau bayrogʻi
  2. https://www.worldatlas.com/flags/guinea-bissau flag og guinea bissau
  3. https://www.lonelyplanet.com/articles/flag-of-guinea-bissau-facts-history-and-design[sayt ishlamaydi] Facts