Gusserl Edmund

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GUSSERL (Husserl) Edmund (1859.8.4, Prosnits, Moraviya — 1938.27.4, Freyburg, Breysgau) — nemis faylasufi, fenomenologiya asoschisi.

Freyburg universitetida professor (1916). Avval arifmetikani mantiqiy asoslash bilan shugʻullandi, natijada koʻplik, birlik va son tushunchalarini joriy etdi. G. falsafasining manbalari — Platon, Leybnits taʼlimotlaridir. G. falsafani aniq fanga aylantirish, ilmiy bilimning sof mantiqini yaratishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. G. borlikdan ajratilgan "sof ong"ni va muayyan subʼyekt (individ) ongini ajratib koʻrsatishga harakat qildi. Uning nuqtai nazaricha, bilishning predmeti, obʼyekti subʼyektning unga qaratilgan ongidan tashqarida mavjud boʻlmaydi. Predmet unga qaratilgan intuitsiya natijasida ochiladi (va yaratiladi). Haqiqat mezoni — subʼyektning shaxsiy kechinmalaridan iborat. G. taʼlimoti ekzistensializm, falsafiy antropologiyaga taʼsir koʻrsatdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil