Gunter kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gunter kanali

Gunter kanali yoki YAQINLASHTIRUVCHI KANAL, (lot.canalis adductorius), son oldingi sohasining pastki qismida joylashgan. Uning orqa-lateral devorini sonning medial serbar muskuli (m.vastus medialis), orqa-medial devorini (m.adductor longus), old devorini (lamina vastoadductoria), ya’ni bu ikkala muskulni oʻzaro tutashtiruvchi[klinik anatomiya 1]paysimon parda hosil qiladi. Kanalni 3 ta devor chegaralagani uchun ham uning koʻndalang kesimi uchburchak shakliga ega. Yaqinlashtiruvchi kanalning oldingi devorini mashinachilar muskuli qoplaydi. Kanalning kirish, chiqish teshiklari hamda oldingi devorida yana 1-2 ta teshiklar mavjud. Kirish teshigi orqali son arteriyasi, venasi va teri osti nervi (n.saphenus) kiradi. Kanalning ichida tomir-nerv tutami elementlarining oʻzaro jolashuvi quyidagicha: son venasi arteriyaning orqa va lateral tomoniga oʻtadi, nerv esa tomirlardan tashqarida joylashadi. Kanalning oldingi devoridagi teshik (yoki teshiklar) orqali son arteriyasining soʻnggi shoxi boʻlgan tushuvchi tizza arteriyasi (a.genus descendens) hamda (n.saphenus) chiqib pastga yoʻnaladi. Yaqinlashtiruvchi kanal oldindan orqaga, ichkaridan tashqariga yoʻnalgan boʻlib, uning chiqish teshigi taqim chuqurchasi kletchatkasiga ochiladi. Bu teshik orqali son qon tomirlari (a.et vv.femorales) taqim chuqurchasiga kiradi.

[1]== Manba == N.Shomirzayev

  1. N.Shomirzayev
  1. [[Foydalanuvchi:|]]