Gundishopur qamali (arabcha: فتح جنديسابور) 642-yilda boʻlib oʻtgan. Bu Xuzistondaarablar tomonidan bosib olingan yirik shahar edi. Tabariy va al-Balozuriyning yozishicha, arab sarkardasi Abu Muso al-AshʼariyGundishopurga yurish qilib, shaharni qamal qilgan[1]. Shahar mudofaasi zaif boʻlgani uchun bir necha kun ichida taslim boʻlib, darvozalarini ochdi. Abu Muso shahar bilan xiroj evaziga tinchlik kelishuvini tuzdi va shahar bunga rozi boʻldi. Biroq baʼzi aholi Roshidun xalifaligi hukmronligi ostida yashashni istamay, Kalbaniyaga qochib ketdi. Shundan soʻng, Abu Muso bu shaharga yurish qilib, uni ham osongina egallab oldi[1]. Keyinchalik u yana bir nechta kichik shaharlarni ham zabt etib, Xuzistonning toʻliq bosib olinishi jarayonini yakunladi[1].