Gultuvak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gultuvak — 1) ichiga tuproq solib, gul koʻkartiriladigan maxsus idish. Aksari sopoldan yasalib, bezak va sir berilmaydi. Gul va oʻsimliklarga moslashtirilib turli shakllarda yasaladi. Tubi teshik boʻladi. Solingan suv tuproqqa shimilib, G.ning tagiga qoʻyilgan idishga tushadi; 2) bezak mujassamotida gul, buta ostidagi tuvaksimon naqsh shaqli. Amaliy sanʼat (naqqoshlik, ganchkorlik va b.)da keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil