Gulshan Alimardonova
| Gulshan Alimardonova | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi | 19-yanvar 2006-yil |
| Sport | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Qaysi sport | Karate |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Karate bo‘yicha jahon chempionati | ||
| Oltin | Qohira 2025 | Kumite −50 kg |
| Karate bo‘yicha Osiyo chempionati | ||
| Oltin | Toshkent 2025 | Kumite −50 kg |
| Oltin | Xanchjou 2024 | Kumite −50 kg |
| Islom birdamligi oʻyinlari | ||
| Kumush | Ar-Riyod 2025 | Kumite −50 kg |
| BRIKS o‘yinlari | ||
| Oltin | Ganja 2025 | Kumite −50 kg |
| MDH oʻyinlari | ||
| Kumush | Qozon 2025 | Kumite −50 kg |
Gulshan Alimardonova (2006-yil 19-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik karatechi, BRICS oʻyinlari, MDH oʻyinlari, Islom birdamligi oʻyinlari, Osiyo chempionati, Jahon chempionati sovrindori. Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba ayollar orasida karate boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan[1][2][3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil iyun oyida Alimardonova BRICS oʻyinlarida ishtirok etib, kumite −50 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Oltin medal uchun bahsda Yu Xiega magʻlub boʻldi[4]. Sentabr oyida esa Karate boʻyicha Osiyo chempionatida qatnashib, kumite −50 kg yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Final bellashuvida Hsiao Yun-chenni magʻlub etdi[5][6].
2025-yil may oyida Karate boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etib, yana bir bor kumite −50 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Final bahsida u Shahmalarani Chandranni magʻlub etdi[7][8]. 2025-yil oktabr oyida MDH oʻyinlarida ishtirok etib, oʻz vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[9]. 2025-yil noyabr oyida Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etib, final bahsida Sara Bahmanyar bilan jangda magʻlub boʻldi va kumush medalni qoʻlga kiritdi[10]. Oʻsha oyning oxirida u Karate boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, ayollar oʻrtasidagi kumite 50 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Final bahsida Shahmalaranini magʻlub etdi[11][12]. Shu tariqa u kumite yoʻnalishida jahon chempioni boʻlgan ilk oʻzbekistonlik ayol sportchi boʻldi[13][14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekistonlik ayol karatechi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi“ (uz). Daryo.uz. Qaraldi: 2025-yil 1-dekabr.
- ↑ „Gulshan Alimardonova — O‘zbekiston ayol karatechisi haqida“ (uz). Xabar.uz. Qaraldi: 2025-yil 1-dekabr.
- ↑ „Gulshan Alimardonova — O‘zbekiston ayol karatechilari orasida ilk jahon chempioni bo‘ldi“ (uz). Yuz.uz. Qaraldi: 2025-yil 1-dekabr.
- ↑ „BRICS Games: Second Competition Day Results“. BRICS Sports Games (2024-yil 15-iyun).
- ↑ „Japan Top Medal Table of AKF Senior Championships in Hangzhou as Teams Qualify for Karate World Cup“. World Karate Federation. Qaraldi: 2024-yil 28-sentyabr.
- ↑ „2024 Asian Karate Championships-Results“. World Karate Federation. Qaraldi: 2024-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Finalists Decided on Action-Packed Opening Day at 2025 AKF Senior Championships in Tashkent“. World Karate Federation (2025-yil 24-may). Qaraldi: 2025-yil 25-may.
- ↑ „Shahmalarani Clinches Silver At Asian Karate Championships In Tashkent“. Bernama (2025-yil 25-may).
- ↑ „The Uzbekistan delegation won 14 medals at the CIS Games“. Zamin.uz (2025-yil 4-oktyabr).
- ↑ „2025 Riyadh: Iranian women karate athletes win golds“. Tehran Times (2025-yil 12-noyabr).
- ↑ „(UPDATED) Shahmalarani delivers Malaysia's first world karate silver in 11 years“. New Straits Times (2025-yil 30-noyabr).
- ↑ „Other Sports: Shahmalarani can stand tall despite settling for silver on world stage“. The Star (2025-yil 30-noyabr).
- ↑ „Gulshan Alimardanova becomes Uzbekistan’s first female kumite world champion“. Gazeta.uz (2025-yil 2-dekabr).
- ↑ „Gulshan Alimardanova became the first Female World Champion among Uzbekistan's karate athletes“. Yuz.uz (2025-yil 1-dekabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gulshan Alimardonova Instagram sahifasi