Gulsapsardoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gulsapsardoshlar (Iridaceae) — bir pallali oʻsimliklar oilasi. Oʻtlar, baʼzan yarim butalardan iborat. Ildizi tugunak piyozli yoki piyozli. Bargi nashtarsimon yoki kalami. Guli ikki jinsli. Binafsha, koʻk, oq yoki sariq rangli, gultojbarglarining uchtasi tashki qavatni, uchtasi esa ichki qavatni tashkil etadi. Mevasi koʻsakcha. Tropik va subtropik hududlar (ayniqsa Janubiy Afrika hamda Amerikaning tropik va subtropik hududlari)da, baʼzan moʻʼtadil iqlimli mintaqalarda 60 ga yaqin turkumi va 1400 tacha turi tarqalgan. Oʻzbekistonda 6 turkumga mansub 30 dan ziyod turi bor. G. orasida manzarali turlari (gulsapsar, zaʼfaron, gladiolus) va b. navlari kup. Baʼzi turlari ildizidan atir-upa i.ch.da foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil